Lula Braziliya prezidenti etib qayta saylandi

Braziliyaning amaldagi prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva prezidentlik saylovining ikkinçi turida ğalaba qozondi. U öng qanot nomzodi, sobiq prezident Jair Bolsonaroning öğli Flavio Bolsonaroni mağlub etdi.
Braziliya saylov organi natijalariga köra, Lula 51,8 foizga yaqin ovoz oldi. Flavio Bolsonaro esa 48,2 foiz atrofida ovoz töpladi. Nomzodlar örtasidagi farq qariyb 4,4 mln ovozni taşkil etdi.
Lula törtinçi muddatga prezident böladi
Bu ğalaba Lula uçun prezidentlikdagi törtinçi, biroq ketma-ket bölmagan muddat böladi.
U avval 2003 – 2010-yillarda ikki muddat prezidentlik qilgan, 2022-yilgi saylovdan keyin esa 2023-yilda uçinçi muddatiga kirişgan edi.
Yangi prezidentlik muddati 2027-yil yanvarida boşlanişi rejalaştirilgan.
Birinçi turda Bolsonaro oldinda edi
4-oktabr kuni ötkazilgan birinçi turda Flavio Bolsonaro 47,03 foiz ovoz bilan birinçi örinni egallagan edi. Lula esa 45,16 foiz ovoz olgan.
Şu tariqa Lula ikkinçi turda birinçi turdagi natijani özgartirib, ğalaba qozondi.
AP ma’lumotiga köra, bu Braziliyada 1985-yilda harbiy diktatura tugaganidan beri birinçi turda ikkinçi örinni olgan nomzod prezidentlik saylovida yakunda ğalaba qozongan ilk holat böldi.
Bolsonaro natijalarni tan olmadi
Flavio Bolsonaro saylov natijalarini tan olişdan boş tortdi va ovoz beriş natijalarini bekor qilişni talab qildi.
U saylov kuni ayrim hududlarda kuçli ob-havo va transport muammolari sabab ovoz beriş muddati ikki soatga uzaytirilganini tanqid qildi.
AP ma’lumotiga köra, muddatni uzaytiriş haqidagi qaror ikkala nomzodning söroviga köra qabul qilingan, biroq ayrim saylov uçastkalari bu haqdagi xabar yetib kelguniga qadar yopilgan edi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Braziliyada minglab talabalar Bolsonaroga qarşi çiqqani haqida yozgan edi.