Mirziyoyev kinoga ajratilayotgan pullar haqida gapirdi

eʼlon qilindi
joriy yilda bu miqdor 218 milliard
Foto: Şerzod Asadov

Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşmoqda. Davlat rahbari milliy kino tarixini asrab-avaylaş, studiyani tiklaş va sohani moliyaviy qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilgan işlarni ta’kidladi. 2016-yilda kino işlab çiqariş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilda bu miqdor 218 milliard sömga yetdi.

Milliy kino — xalq xotirasining bir qismi

Prezident «Özbekfilm»da milliy kino tariximiz, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati hamda xalqimizning orzu-intilişlari mujassam ekanini qayd etdi.

«Mahallada duv-duv gap», «Ötgan kunlar», «Şum bola», «Çinor ostidagi duel» va «Suyunçi» kabi filmlarning qahramonlari tomoşabinlar xotirasida yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolalik, bobo-buvilar va qadrdon mahallani yodga soladi.

Mirziyoyev öz davridagi siyosiy va mafkuraviy bosimlarga qaramay, ijodkorlar milliy san’atning ana şunday namunalarini yaratişga muvaffaq bölganini tahsinga sazovor deb baholadi.

Mustaqillik yillarida ham bu ijodiy an’analar davom ettirildi. «Abdullajon», «Otamdan qolgan dalalar», «Dilxiroj», «Vatan» va «Ötov» kabi filmlar yaratildi.

Özbekfilm qayta tiklandi

Davlat rahbari ön yil avval «Özbekfilm» kinostudiyasi qanday ahvolda bölganini yodga oldi. Islohotlarning dastlabki kunlaridanoq studiyani tiklaş va ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

Kinostudiya töliq rekonstruksiya qilindi. Sönggi ön yilda kino sohasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi.

Kino sohasiga ajratilayotgan mablağ oşdi

2016-yilda filmlar yaratiş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilning özida bu körsatkiç 218 milliard sömni taşkil etdi.

Prezidentning ta’kidlaşiça, amalga oşirilgan işlar natijasida milliy filmlarning salmoği va sifati oşdi, sohaga önlab xususiy kinostudiyalar kirib keldi.

Avvalroq O‘zbekistonlik rejissyor Rashid Malikovning «Paxta» nomli filmi Moskvada o‘tkazilgan «X xalqaro Yevrosiyo ko‘prigi» kinofestivalida eng yaxshi badiiy film deb topilgandi.

Shuningdek