Namanganda 5,6 mlrd sömlik dorilar saqlangan yaşirin ombor aniqlandi

eʼlon qilindi
Ombor yertölada taşkil etilgan
Namanganda 5,6 mlrd sömlik dorilar saqlangan yaşirin ombor aniqlandi
Videodan ekran tasviri

Namangan viloyatining Uyçi tumanida xorijda işlab çiqarilgan dori vositalari saqlangan yaşirin ombor aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, omborda umumiy qiymati qariyb 5,6 mlrd söm bölgan 67,9 ming birlik dori vositasi saqlangan.

Örganiş davomida Uyçi tumanida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi xususiy korxona rahbari va uning işçisi tomonidan noturar binoning yertölasida yașirin ombor taşkil etilgani aniqlangan. DXX ma’lumotiga köra, ular 1983 va 1986-yillarda tuğilgan aka-uka bölgan.

67 mingdan ortiq dori vositasi topildi

Omborni közdan keçiriş davomida xorijda işlab çiqarilgan 412 turdagi jami 67,9 ming birlik dori vositasi aniqlangan.

Ularning umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd sömni taşkil etadi. Dori vositalari keyinçalik sotiş maqsadida saqlangani bildirilgan. Mahsulotlar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Aniqlangan dori vositalari böyiça sud-kimyoviy va tovarşunoslik ekspertizalari tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Raqobat qömitasi dori savdosidagi majburiy sotuvlarni tekşirayotgani haqida xabar berilgandi. Agar bunday amaliyot raqobat töğrisidagi qonunçilikni buziş deb topilsa, kompaniyalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qöllanilişi mumkin.

Shuningdek