Özbekfilm xususiy kinostudiyalar bilan işlaydigan milliy kinokompaniyaga aylantiriladi

Özbekfilm kinostudiyasining taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. Yangi kompaniya filmlarni bevosita işlab çiqarmaydi — bu jarayon töliq xususiy sektorga ötkaziladi.
Milliy kinokompaniya qanday vazifalarni bajaradi
Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça tayanç markaz hamda boş operator bölişini ta’kidladi.
Kompaniya kino loyihalarini tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş va tarqatiş, şuningdek, ularni xalqaro bozorlar hamda festivallarga olib çiqiş bilan şuğullanadi.
Film işlab çiqariş xususiy sektorga ötadi
Yangi model orqali film yaratişdan tortib, uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan jarayonni yagona tizimga birlaştiriş rejalaştirilgan. Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yölga qöyiş topşirildi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuvda milliy kino sanoatidagi muammolarni sanab ötgandi.