
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Özbekistonga 626,6 mln litr avtomobil benzini import qilindi. Bojxona qömitasining Kursiv Uzbekistan’ga taqdim etgan ma’lumotlari asosidagi hisob-kitoblarga köra, bu 2025-yilning şu davriga nisbatan 54,8% köp. Import qiymati esa 59,1 foizga oşib, qariyb $364 mlnni taşkil etdi. Eng katta uluş Rossiya hissasiga töğri kelgan — sakkiz oyda jami importning 78 foizi şu davlatdan jönatilgan.
Benzin importining keskin köpayişi içki işlab çiqariş ham oşayotgan bir paytda kuzatilmoqda. Şu bilan birga, Rossiyada benzin eksportiga çeklovlar saqlanib qolmoqda, qöşni davlatlar esa öz bozorlarini himoya qiliş çoralarini kuçaytirmoqda. Bunday şaroit Özbekiston uçun ta’minot manbalarini diversifikatsiya qiliş masalasini yanada dolzarb qiladi. Kursiv Uzbekistan uşbu masalani Grand Broker Trade kompaniyasi direktori (neft mahsulotlari birja bozori iştirokçisi) Malik Sahatqurbonov bilan tahlil qildi.
Uşbu maqoladan quyidagilarni bilib olişingiz mumkin:
- Özbekiston qancha benzin import qildi
- Rossiyaning uluşi nega muhim
- Importning 82 foizi qaysi benzinga töğri kelmoqda
- Içki işlab çiqarish importga yetişyaptimi
- Birjada AI-92 narxi nega keskin özgardi
- Qöşni davlatlarda qanday çoralar körilmoqda
- Ozarbayjon yangi ta’minot manbaiga aylanişi mumkinmi
Sakkiz oyda import 55 foizga oşdi
Bojxona qömitasi Kursiv Uzbekistan söroviga javoban 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-avgustgaça «erkin muomalaga çiqariş», ya’ni IM-40 bojxona rejimida rasmiylaştirilgan avtomobil benzini böyiça ma’lumotni taqdim etdi.
| Davr | Import hajmi | Import qiymati |
|---|---|---|
| 2025-yil jami | 659,4 mln litr | $393,7 mln |
| 2025-yil yanvar–avgust | 404,7 mln litr | $228,7 mln |
| 2026-yil yanvar–avgust | 626,6 mln litr | $364 mln |
| Yillik özgarish | +54,8% | +59,1% |
Şunday qilib, Özbekiston 2026-yilning atigi sakkiz oyida 2025-yil davomida import qilingan benzin hajmining 95 foiziga teng mahsulot olib kirişga ulgurgan. Qiymat böyiça esa sakkiz oylik import butun 2025-yil körsatkiçining 92,5 foiziga yetgan.
Hisob-kitoblarga köra, 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida import benzinining örtaça bojxona qiymati bir litrga qariyb $0,565 bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilda $0,581 atrofida şakllangan. Ya’ni örtaça qiymat taxminan 2,8 foizga kötarilgan.
Rossiyadan qariyb 489 mln litr benzin jönatilgan
Bojxona ma’lumotlaridagi eng muhim raqamlardan biri import geografiyasidagi keskin konsentratsiya.
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Rossiya jönatuvçi davlat sifatida 489 mln litrga yaqin benzin bilan birinçi örinda turibdi. Bu jami importning 78 foizi degani.
| Jönatuvçi davlat | Hajm | Qiymat | Importdagi uluşi |
|---|---|---|---|
| Rossiya | 489,0 mln litr | $290,7 mln | 78,0% |
| Qozoğiston | 67,1 mln litr | $46,3 mln | 10,7% |
| Turkmaniston | 47,5 mln litr | $10,6 mln | 7,6% |
| Belarus | 17,5 mln litr | $12,7 mln | 2,8% |
| Boşqa davlatlar | 5,5 mln litr | $3,7 mln | 0,9% |
| Jami | 626,6 mln litr | $364 mln | 100% |
Boşqa kiçik hajmdagi partiyalar Kipr, Iroq, Afğoniston, Gruziya, Qirğiziston, BAA va Erondan jönatilgan.
Özbekiston benzin importida Rossiyaning 78 foizlik uluşi ayniqsa uşbu davlat eksportni çeklayotgan bir davrda muhim.
Iyul oyida Rossiya hukumati içki bozorni barqarorlaştiriş maqsadida benzin eksportiga çeklovni 2026-yil oxirigaça uzaytirgan edi. Keyinçalik çeklov muddati yana uzaytirildi va hozir töliq benzin eksporti taqiqi 2027-yil 31-yanvargaça amal qilişi ta’kidlangan.
Avvalroq bu kabi çeklov 2025-yilda ham bo‘lgandi. Ammo öşanda Energetika vazirligi uşbu taqiq xalqaro hukumatlararo bitimlarga taalluqli emasligi, Özbekiston va Rossiya örtasida esa shunday amaldagi bitim mavjudligini va çeklovlar Özbekistonga yetkazib beriladigan mahsulotlarga ta’sir qilmasligini bildirgan. Lekin ekspertlar fikricha, bu Özbekistonga kirib keladigan benzin hajmiga ta’sir qilişi mumkin.
Malik Sahatqurbonovning fikriça, Rossiyadan benzin yetkazib beriş hajmining qisqarişi Özbekiston bozoriga bosim ötkazişi mumkin. Bunda asosiy omillar mahalliy neftni qayta işlaş zavodlarining işlab çiqarişni oşiriş imkoniyati va Rossiya hajmlarini boşqa davlatlardan import bilan tezda almaştira oliş qobiliyati böladi.
«Rossiya benzinining ayrim partiyalari kelişda davom etmoqda. Uşbu hajmlar qisqarganda, yuklama mahalliy neftni qayta işlaş zavodlari va muqobil importga qayta taqsimlanadi. Şuning uçun köp narsa mahalliy işlab çiqaruvçilarning işlab çiqarişni köpaytiriş qobiliyatiga va Rossiya hajmini tezda almaştiriş imkoniyatiga boğliq böladi. Şu bilan birga, Özbekiston allaqaçon boşqa davlatlar, xususan, Qozoğiston, Turkmaniston va Belarusdan benzin import qilmoqda, bu esa ta’minot manbalarini qisman diversifikatsiya qiladi».

Şunga qaramay, dinamika sezilarli. 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Rossiyadan jönatilgan benzin hajmi 269,4 mln litr bölgan. Bir yil içida bu körsatkiç 81,5 foizga, ya’ni qariyb 219,5 mln litrga oşgan. Rossiyaning jami importdagi uluşi ham 66,6 foizdan 78 foizgaça kötarilgan.
Qozoğiston uluşi deyarli ikki baravar qisqardi
Rossiya hajmi ösayotgan bir vaqtda Qozoğistondan jönatmalar ança kamaygan. 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Qozoğiston orqali Özbekistonga 130,7 mln litr benzin kelgan bölsa, 2026-yilning şu davrida 67,1 mln litr bölgan. Bu 48,7 foizlik pasayiş degani.
Aksinça, 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida Turkmanistondan benzin importi körsatilmagan bölsa, 2026-yilda bu davlatdan 47,5 mln litr mahsulot jönatilgan.
Belarusdan yetkazib beriş ham 932 ming litrdan 17,5 mln litrgaça oşgan. Bunda past baza ta’siri katta bölsa-da, import geografiyasi Rossiya taşqarisida ham qisman özgarayotganini köriş mumkin.
Importning 82 foizi 92–95 oktan oraliğidagi benzinga töğri keldi
Bojxona ma’lumotiga köra, 2026-yilning sakkiz oyidagi manzara quyidagiça:
| Oktan toifasi | Import hajmi | Qiymati | Hajmdagi uluşi |
|---|---|---|---|
| 92 dan yuqori, 95 dan kam | 514,3 mln litr | $283,8 mln | 82,1% |
| 95 dan yuqori, 98 dan kam | 107,5 mln litr | $75,1 mln | 17,2% |
| 98 va undan yuqori | 4,8 mln litr | $5,1 mln | 0,8% |
Eng katta ösiş aynan 92–95 oktan oraliğidagi benzinlarda kuzatilgan. 2025-yilning sakkiz oyida bu toifadan 298,8 mln litr import qilingan bölsa, 2026-yilda hajm 514,3 mln litrgaça yetgan — 72,1 foizga köp.
95–98 oktan oraliğidagi benzin importi esa 98,6 mln litrdan 107,5 mln litrgaça yoki 9,1 foizga oşgan. 98 va undan yuqori oktanli benzinlarda hajm ança kiçik — 4,8 mln litr, biroq bu ham bir yil avvalgidan 16% köp.
Içki işlab çiqariş ham ösmoqda
Importning keskin köpayişi içki benzin işlab çiqariş qisqargan davrga töğri kelayotgani yöq. Aksinça, Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Özbekistonda 811,3 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,6% köp.
Mazkur davrda ayrim turdagi mahsulotlar işlab çiqariş hajmi quyidagiça:
- dizel yonilğisi — 834,3 ming tonna;
- neft — 425 ming tonna;
- gaz kondensati — 648,3 ming tonna;
- tabiiy gaz — 24,2 mlrd kub.m;
- kömir — 4,4 mln tonna.
Birjada AI-92 narxlari keskin tebranmoqda
2-oktabr va 22-oktabr kungi birja savdolari taqqoslanganda AI-92 segmentida umumiy fon pasayiş tomonga özgargani körinadi. Ayniqsa oddiy A-92 benzini oktabr boşiga nisbatan sezilarli arzonlaşgan. Dizel yonilğisi bozorida esa bir qator markalar arzonlaşgan, ayrimlarida esa aksinça ösiş kuzatilgan.
2-oktabr kuni oddiy A-92 benzini bir tonna uçun 15,85 mln sömdan savdo qilingan edi. 22-oktabrga kelib bu körsatkiç 14,167 mln sömga tuşdi. Şu tariqa, oy boşiga nisbatan narx 1,683 mln sömga yoki qariyb 10,6 foizga pasaygan.
Savdo hajmi esa aksinça oşgan. 2-oktabrda bu markadan 18 tonna sotilgan bölsa, 22-oktabrda 55 tonna realizatsiya qilingan.
Birjadagi asosiy hajm har ikki sanada ham A-92 K2-L markasida şakllandi. 2-oktabrda uning örtaça narxi bir tonna uçun 13,6296 mln sömni taşkil qilgan. 22-oktabrda esa bu narx 13,9211 mln sömga yetgan. Demak, oktabr boşiga nisbatan A-92 K2-L narxi 291,5 ming sömga yoki qariyb 2,1 foizga oşgan.
Bu markadagi savdo faolligi ham kuchaygan. 2-oktabrda 3 430 tonna sotilgan bölsa, 22-oktabrda bu hajm 4 078 tonnaga çıqqan.
Ekspert birja va birjadan taşqari bozorlar özaro boğliq ekanini, bir segmentdagi taklif va narx özgarişi ikkinçisiga ham ta’sir körsatişini ta’kidladi.
«Birjada ma’lum narx bosimi körinmoqda, AI-92 ning örtaça narxi bir tonna uçun qariyb 14 mln söm darajasida. Ammo ayrim savdo kunlaridagi tebranişlar savdoga qöyilgan mahsulot hajmi, xaridorlar soni va joriy talabga boğliq bölişi mumkin», — dedi ekspert.
Şuningdek, AI-92 ni olib çiqib ketiş şarti bilan xarid qilişda bir xaridorga bir savdo sessiyasida 5 tonnalik limit mavjud.
«Şu sababli hozirgi birja dinamikasi ma’lum narx bosimini körsatadi, biroq birjadan taşqari bozor, zaxiralar va umumiy iste’mol haqidagi ma’lumotlarsiz tizimli taqçillik bor degan xulosaga kelişga hali erta», — dedi Sahatqurbonov.
Ba’zi AI-92 markalarida savdo bölmadi
2-oktabrda A-92 K2 markasi bir tonna uçun 16,0544 mln sömdan savdo qilingan va 14,7 tonna sotilgan edi. 22-oktabrda bu marka savdoga qöyilgan bölsa-da, bitim tuzilmagan.
Şuningdek, 2-oktabrda A-92 ekologik sinf K4 markasi böyiça narx şakllanmagan edi. 22-oktabrda esa bu tur bir tonna uçun 17,2 mln sömdan savdo qilinib, 5,7 tonna sotildi.
Dizel bozorida manzara bir xil emas
Dizel yonilğisida oktabr boşi bilan soliştirilganda ayrim asosiy markalarda pasayiş kuzatildi. Masalan, Yevro L-K-4 narxi 2-oktabrdagi 17,7022 mln sömdan 22-oktabrda 16,6593 mln sömga tuşgan. Bu qariyb 1,043 mln sömlik yoki 5,9 foizlik pasayiş.
Yevro-L II K-4 SSDF markasida ham pasayiş kuchli böldi. Uning narxi 19,8864 mln sömdan 18,2499 mln sömga tuşib, 8,2 foizga arzonlaşdi.
Biroq hamma markalarda ham tushiş qayd etilmadi. EKO dizeli 16,7954 mln sömdan 17,1286 mln sömga kötarilib, qariyb 2 foizga qimmatlaşdi. L-0,2-40 markasi ham 16,8145 mln sömdan 16,9004 mln sömga çıqib, oz miqdorda ösiş qayd etdi.
Umuman olganda, oktabr boşi bilan soliştirilganda AI-92 bozorida asosiy özgarish oddiy A-92 narxining keskin pasaygani böldi. A-92 K2-L esa biroz qimmatlaşdi va asosiy savdo hajmini saqlab qoldi. Dizel segmentida esa umumiy fon aralash: ayrim markalar arzonlaşgan, ayrimlari esa aksinça qimmatlaşgan.
Sentabrda çakana benzin ham qimmatlaşdi
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, sentabr oyida benzin narxlari örtaça 1,2 foizga oşgan. AI-92 narxi bir oyda 0,7 foiz, AI-95 4,2 foiz, AI-98 va AI-100 esa 0,4 foizga qimmatlaşgan.
Sentabr oyida kuzatilgan çakana narx oraliği ham ança keng bölgan: AI-92 bir litri 10,5 mingdan 17 ming sömgaça, AI-95 13,5 mingdan 21,5 ming sömgaça, AI-98 va AI-100 esa 16,5 mingdan 28 ming sömgaça yetgan.
Yillik hisobda benzin narxlari örtaça 20,1 foiz yuqori bölgan.
Markaziy Osiyoda yonilğini himoya qiliş çoralari kuçaymoqda
Rossiyadagi vaziyat faqat Özbekistonga emas, butun mintaqaga ta’sir qilmoqda. Qirğiziston öz yonilğisining 90 foizdan ortiğini Rossiyadan import qiladi. Avgustda mamlakatda AI-92 benzini bir oy içida 1,46 foizga qimmatlaşgan, yil boşidan esa ösiş 16,58 foizga yetgan.
Qirğizistonda narxlar oşişi Rossiya neftni qayta işlaş zavodlaridagi uzilişlar, ulgurji narxlar, temiryöl tarifi va tranzit xarajatlari bilan izohlanmoqda.
Qozoğiston esa yonilğining noqonuniy olib çiqilişiga qarşi nazoratni kuçaytirgan. Özbekistondan kiradigan ayrim transport vositalariga çegaradan sutkasiga bir martadan ortiq ötmaslik talabi ham şu çoralar doirasida joriy etilgan.
Sahatqurbonov Rossiyadagi çeklovlar Markaziy Osiyo davlatlariga bir xil ta’sir qilmasligini qayd etdi. Uning fikriça, har bir mamlakat uçun Rossiya importining uluşi bilan birga mahalliy işlab çiqariş, mavjud zaxiralar va muqobil yetkazib beruvçilarga çiqiş imkoniyatini ham hisobga oliş kerak.
Ekspert Qirğiziston misolida faqat import uluşiga qarab mamlakatning Rossiyaga qançalik boğliqligi haqida xulosa qiliş notoğri ekanini aytdi. Çunki u yerda ham mahalliy neftni qayta işlaş zavodlari mavjud.
«Obyektiv taqqoslaş uçun mahalliy zavodlarning haqiqiy işlab çiqariş hajmini va içki iste’molning qança qismini qoplab berayotganini biliş kerak», — deya qoşimça qildi Sahatqurbonov.
Uning fikriça, Özbekiston uçun mahalliy işlab çiqariş bozorni barqarorlaştiruvçi muhim omil hisoblanadi. Zarurat tuğilsa, Qozog‘iston, Turkmaniston, Belarus, Eron, Ozarbayjon va boşqa davlatlardan import hajmini oşiriş imkoniyati ham mavjud.
Ozarbayjon Rossiyaga muqobil yönalish böladimi
Özbekiston hozirning özida import geografiyasini kengaytiriş imkoniyatlarini qidirmoqda.
Avvalroq Energetika vaziri Şerzod Xöjayev Özbekiston va Ozarbayjon avtomobil benzini hamda aviayonilğini birgalikda işlab çiqarişni körib çiqayotganini ma’lum qilgandi.
«Bugun taklif etilgan yönalişlardan biri — Özbekistonda va Ozarbayjonda hamkorlikda neft mahsulotlarini işlab çiqariş, Özbekiston ehtiyojlari uçun avtomobil yonilğisi va aviayonilği işlab çiqariş», — dedi vazir.
Variantlardan biri Ozarbayjonda qurilayotgan yangi neftni qayta işlaş zavodiga Özbekistonning hamkor sifatida qöşilişi va keyinçalik mahsulotning bir qismini mamlakatga olib kelişidir.
«Ozarbayjonda yangi qurilayotgan neftni qayta işlaş zavodiga hamkor sifatida qöşiliş va keyinçalik u yerda işlab çiqarilgan mahsulotlarning bir qismini Özbekistonga olib keliş taklif qilindi», — dedi Xöjayev.
Özbekiston va Ozarbayjon energetika vazirliklari sentabr oyida neft-gaz sohasidagi yangi istiqbolli loyihalarni rivojlantiriş masalalarini ham muhokama qilgandi.
Ekspert Özbekiston uçun ikki asosiy yönalişni ajratdi: mahalliy işlab çiqarişni oşiriş va import geografiyasini kengaytiriş.
«Agar mahalliy neftni qayta işlaş zavodlarida zaxira quvvatlari mavjud bölsa, işlab çiqarişni oşiriş eng barqaror yeçim böladi. Yetmaydigan hajmlarni esa Qozog‘iston, Turkmaniston, Belarus, Eron, Ozarbayjon va boşqa davlatlardan import bilan qoplaş mumkin», — dedi u.
Sahatqurbonov birjaning valyuta savdo maydonçasida ham xorijiy yetkazib beruvçilarning yoqilği-moylaş materiallari böyiça takliflari mavjudligini qayd etdi. Bu muqobil import kanallarini kengaytiriş imkonini beradi.
«Amaliyotda eng samarali variant içki işlab çiqarişni oşiriş va yetkazib beriş manbalarini diversifikatsiya qilişni bir vaqtda amalga oşiriş böladi», — dedi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda gaz, neft va ko‘mir qazib olish kamaygani haqida xabar berilgandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar – avgust oylarida 24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 16,3% kam.