Özbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

eʼlon qilindi
Şahlo Turdiqulova biotexnologiya, biokimyo va inson genetikasi sohasidagi olima bölib, 2024-yildan ÖzFA vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritadi
Foto: twas.org

Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Şahlo Turdiqulova Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS)ning Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça vitse-prezidenti etib saylandi. U bu lavozimda 2027 – 2028-yillarda faoliyat yuritadi.

Yangi kengash 2027-yildan iş boshlaydi

TWAS ma’lumotiga ko‘ra, akademiyaning yangi kengaşi 2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha faoliyat yuritadi.

Kengaşga Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik-kimyogar Hou Jianguo rahbarlik qiladi. Şahlo Turdiqulova esa Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi böyicha vitse-prezident etib saylangan. Yangi kengaş 15 kişidan iborat bölib, ularning 11 nafari ayollardir.

Akademiya 112 davlat olimlarini birlaştiradi

TWAS 1983-yilda Nobel mukofoti sovrindori Abdus Salam boşçiligidagi olimlar tomonidan taşkil etilgan. 2026-yil boşida akademiya 112 davlatdan 1 476 nafar olimni birlaştirgan, ulardan 11 nafari Nobel mukofoti laureatlaridir.

Taşkilot rivojlanayotgan davlatlarda ilm-fan salohiyatini oşiriş, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanadi.

Şahlo Turdiqulova ilk mahalliy PCR-testni yaratişga rahbarlik qilgan

Şahlo Turdiqulova biotexnologiya, biokimyo va inson genetikasi sohasidagi olima. U 2024-yildan Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi, 2025-yilda esa TWAS a’zoligiga saylangan.

TWAS ma’lumotiga ko‘ra, Turdiqulova Özbekistonda COVID-19’ni aniqlaş uchun ilk mahalliy PCR-testni işlab çiqişga rahbarlik qilgan. Şuningdek, u ZF-UZVAC-2001 koronavirus vaksinasining klinik sinovlariga ham ham faol qatnaşgan.

Avvalroq Özbekiston prezident yordamçisi Saida Mirziyoyevaning Özbekiston olima ayollari forumidagi çiqişi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek