Ramazon Temirov UFC 333 turniridan qança pul işlab topdi

UFC 333 turnirida özbekistonlik Ramazon Temirov britaniyalik Loner Kavanaga qarşi jangda mağlub böldi. Temirov musobaqadagi iştiroki uçun 61 ming dollar olgan bölsa, uning raqibi 246 ming dollar gonorar işlab topdi. Bu haqda GiveMeSport xabar berdi.
Volkanovski bir million dollardan ortiq gonorar oldi
Abu-Dabidagi «Etihad Arena» majmuasida ötkazilgan turnirning asosiy jangida yarim yengil vazn toifasi çempioni Aleksandr Volkanovski Movsar Yevloyevni nokautga uçratib, çempionlik kamarini saqlab qoldi.
Volkanovski jang uçun 1 million 185 ming dollar gonorar olgan. Bundan taşqari, u keçaning eng yaxşi nokauti uçun 100 ming dollarlik bonus bilan taqdirlangan.
Yan va Dvalişvili 100 ming dollardan bonus oldi
Turnirning ikkinçi çempionlik jangida rossiyalik Petr Yan gruziyalik Merab Dvalişvilini hakamlarning yakdil qarori bilan mağlub etdi. Şu tariqa Yan eng yengil vazn toifasidagi çempionlik kamarini saqlab qoldi.
Yan jang uçun 920 ming dollar, Dvalişvili esa 550 ming dollar gonorar olgan. Ularning bellaşuvi turnirning eng yaxşi jangi deb topilgani sababli har ikki sportçi qöşimça 100 ming dollardan bonusga ega bölgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nursulton Röziboyevning jang sanasi va raqibi aniq bölgani haqida xabar bergan edi.