Serbiya saylovlari: Vuçiç mağlubiyatini tan oldi

Serbiyada 25-oktabr kuni ötkazilgan muddatidan oldingi parlament saylovida talabalar boşçiligidagi «Talabalar röyxati – Talabalar ğalaba qozonadi» harakati ğalaba qozondi. Mamlakatning sobiq prezidenti Aleksandar Vuçiç öz siyosiy kuçi saylovda mağlub bölganini tan oldi.
Vuçiçning dastlabki hisob-kitobiga köra, «Talabalar röyxati» parlamentdagi 250 örindan 135 – 140 tasini, uning siyosiy lageri esa qariyb 105 örinni egallaşi mumkin. Yakuniy rasmiy natijalar hali e’lon qilinmagan.
Vuçiç mağlubiyatni tan oldi
Belgraddagi Serb progressiv partiyasi ştabida tarafdorlari oldida çiqiş qilgan Vuçiç saylov natijasi aniq ekanini bildirdi.
Uning sözlariga köra, «Talabalar röyxati» parlamentda mutlaq köpçilikni qölga kiritişi mumkin. Saylov natijasi Vuçiç va uning ittifoqçilari uçun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlik böldi. U 2014-yildan beri Serbiya siyosatida boş vazir va prezident sifatida markaziy rol öynab kelgan.
Saylovdagi davomat rekord darajaga çiqdi
Serbiya Respublika saylov komissiyasi ma’lumotiga köra, soat 18:00 holatiga saylovçilarning 64,89 foizi ovoz berib bölgan. Bu körsatkiç Kosovo va Metoxiya hududisiz hisoblangan.
Hududlar kesimida eng yuqori faollik Voyvodinada – 66,9 foiz, Belgradda esa 65,67 foizni taşkil etdi. Saylov uçastkalari soat 20:00 gaça işlagan.
Reuters saylovdagi yuqori faollikni sönggi ön yilliklardagi eng katta siyosiy safarbarliklardan biri sifatida qayd etdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Vuçiç iste’foga çiqqani haqida yozgan edi.