Toşkentdagi 4 hududda issiq suv vaqtinça öçiriladi

26-oktabr soat 09:00 dan 27-oktabr soat 15:00 gaça Toşkentdagi IM-6, IM-8, «Vodnik» va «Sanoatenergo» hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtinça töxtatiladi. Çeklovlar beshta tumandagi ayrim iste’molçilarga ta’sir qiladi.
Veolia Energy’ga köra, bunga «Toşkent şahar suv ta’minoti» AJ tomonidan «Qibray» suv oliş inşooti hududidagi suv quvurlarida zulfinlarni almaştiriş işlari sabab böladi. Texnik işlar vaqtida issiq suv ta’minoti qariyb 30 soatga töxtatiladi.
Beshta tumandagi ayrim hududlar qamrab olinadi
Issiq suv ta’minotidagi vaqtinçalik uzilişlar Mirobod, Sergeli, Yaşnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlariga taalluqli. Issiq suv 27-oktabr soat 15:00 dan keyin tiklanişi rejalashtirilgan.
Avvalroq Toşkentning ayrim hududlarida aholi issiq suvning rangi, hidi va haroratidan şikoyat qilganidan söng «Veolia Energy Taşkent» suv sifatini tekşirilganini e’lon qilgandi. Kompaniya asosiy körsatkiçlar me’yorga kelgani va suv foydalaniş uçun yaroqli ekanini bildirdi.
Bundan taşqari, kompaniya 2026-yil 1-noyabrdan joriy etilişi möljallangan yangi tariflar loyihasi böyiça izoh berib, tariflarni özi belgilamasligini ta’kidladi. «Veolia Energy Taşkent» ma’lumotiga köra, issiqlik işlab çiqarişda foydalaniladigan asosiy resurslarning narxi sönggi davrda oşgan.
Tabiiy gaz narxi 11 foizga, elektr energiyasi 10 foizga, Toşkent issiqlik markazlaridan sotib olinadigan issiqlik energiyasi esa 7 foizga qimmatlagan. Bundan taşqari, iş haqi, ta’mirlaş va ekspluatatsiya uçun zarur materiallar xarajatlari ham ortgan.