Tramp Orbanni BMT boş kotibi qilmoqçi

eʼlon qilindi
AQŞ bu masalada Rossiya va Xitoy bilan ham kelişuvga erişişni közlamoqda
Foto: external-prod.imgix.net

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq boş vaziri Viktor Orbanni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) boş kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari suriş taşabbusi bilan çiqqan. AQŞ bu masalada Rossiya va Xitoy bilan ham kelişuvga erişişni közlamoqda. Reja hali yakuniy tasdiqlanmagan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

AQŞ Rossiya va Xitoy bilan kelişmoqçi

Naşrning tahririy maqolasida yozilişiça, Vaşington Orban bilan boğlanib, uning BMT boş kotibi lavozimiga nomzod bölişga munosabatini örgangan. AQŞ rasmiylari bu taşabbusni Rossiya va Xitoy vakillari bilan ham muhokama qilgan. Mazkur ikki davlatning taklifni qöllab-quvvatlaşi mumkinligi aytilmoqda.

AQŞ Davlat departamenti vakilining baholaşiça, BMT Xavfsizlik Kengaşidagi 15 a’zodan sakkiztasi Orban nomzodini qöllab-quvvatlaşi mumkin, öntagaça ovoz töplaş imkoniyati ham bor. Biroq Buyuk Britaniya va Fransiyaning pozitsiyasi muhim bölib qoladi: ular Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zolari sifatida veto huquqiga ega.

Orban nomzodining ilgari surilişi böyiça yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Naşr manbalariga köra, Orban ham ğalaba qozoniş imkoniyatiga işonç hosil qilmagunça poygada qatnaşişga şoşilmayapti.

BMT boş kotibi qanday saylanadi

BMT boş kotibi Xavfsizlik Kengaşining tavsiyasi asosida Boş Assambleya tomonidan tayinlanadi. Nomzod Xavfsizlik Kengaşida kamida töqqizta ovoz olişi va beş doimiy a’zodan birortasi tomonidan veto bilan töxtatilmasligi kerak.

Amaldagi boş kotib António Guterresning vakolat muddati 2026-yil 31-dekabrda yakunlanadi. Yangi rahbarni tanlaş jarayonida bir neçta nomzod körib çiqilmoqda.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Atlantika okeanining nomini «Amerika okeani»ga özgartiriş masalasini Google rahbari Sundar Piçai bilan muhokama qilganini aytgandi.

Shuningdek