Urganç – Xiva yönalişida yangi trolleybuslar qatnaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangi trolleybuslar Urganç xalqaro aeroporti, Urganç temir yöl vokzali va Xiva temir yöl vokzalini boğlaydigan yönalişda harakatlanadi
Foto: mintrans.uz

2026-yil 27-oktabrdan Urganç va Xiva örtasida yangi trolleybuslar qatnovi yölga qöyiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Yangi trolleybuslar 27-oktabrdan yölga çiqadi

Transport vazirligi ma’lumotiga köra, joriy yil 25-oktabr kuni Urganç şahrida «Xorazm Trolleybus Saroyi» davlat muassasasining yangi binosi foydalanişga topşirilgan. Korxona 2026-yil 27-oktabrdan boşlab «Urganç – Xiva» yönalişida yangi va zamonaviy trolleybuslarni qatnovga çiqaradi.

Şuningdek, öqing: Xorazmga 10 ta yangi avlod gibrid trolleybus olib kelindi

Yangi trolleybuslar aeroport va vokzallarni boğlaydi

Yangi trolleybuslar Urganç xalqaro aeroporti, Urganç temir yöl vokzali va Xiva temir yöl vokzalini boğlaydigan yönalişda harakatlanadi. Harakat tarkibini brutto-kontrakt tizimi asosida joylaştiriş rejalashtirilgan.

Yangi trolleybuslar ishga tuşirilişi hisobiga «Urganç – Xiva – Urganç» yönalişida qatnov oraliği 25 daqiqadan 12 daqiqagaça qisqaradi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda avtobuslar uchun 18 km ga yaqin alohida yo‘lak qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek