Yangi Hyundai Tucson avtomobilining narxlari e’lon qilindi

26-oktabr 2026 10:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Hyundai

Hyundai Janubiy Koreyada butunlay yangi, beşinçi avlod Hyundai Tucson krossoverining narxlarini e’lon qildi va buyurtmalarni qabul qilişni boşladi. Model 1,6 litrli turbo benzin dvigateli va şu motor asosidagi gibrid kuç qurilmasi bilan taklif etiladi.

Bazaviy H-Pick komplektatsiyasi 31,4 mln von, ya’ni qariyb $22 mingdan boşlanadi. Bu avvalgi Tucson’ning 28,44 mln vonlik boşlanğiç narxidan 2,96 mln von yoki taxminan 10,4% yuqori.

Törtta komplektatsiya taklif qilinadi

Yangi Tucson Janubiy Koreyada H-Pick, Exclusive, Inspiration va yöltanlamas uslubidagi XRT komplektatsiyalarida sotiladi.

1,6 litrli turbo benzinli versiyalar narxi H-Pick uçun 31,4 mln von, Exclusive uçun 35,3 mln von, XRT uçun 36,8 mln von va Inspiration uçun 37,9 mln von etib belgilangan. Bu taxminan $22 mingdan $26,5 minggaça bölgan diapazonga töğri keladi.

Foto: Hyundai

Gibrid versiyalar qimmatroq

1,6 litrli turbo motor asosidagi gibrid Tucson soliq imtiyozlari hisobga olingan holda 36,15 mln vondan boşlanadi. Exclusive gibrid 39,9 mln von, XRT gibrid 41,65 mln von, Inspiration esa 42,7 mln von etib baholangan.

Bu taxminan $25,3–29,9 ming oraliğidagi narxlarni anglatadi. Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda gibrid modifikatsiyalar ham qariyb 2,97 mln vonga qimmatlaşgan.

Bazaviy versiyada ham köplab tizimlar bor

Narx oşgan bölsa-da, Hyundai bazaviy jihozlarni sezilarli kengaytirgan.

H-Pick versiyasining özidayoq atrofni 360 daraja körsatadigan kamera, old va orqa parkovkada töqnaşuvning oldini oliş tizimi, Highway Driving Assist, notöğri pedal bosilişini aniqlovçi xavfsizlik tizimi va töqqizta xavfsizlik yostiqçasi mavjud.

Şuningdek, «Walk-Away Lock» funksiyasi haydovçi avtomobildan uzoqlaşganda eşiklarni avtomatik qulflaydi.

Yangi Hyundai Tucson avtomobilining narxlari e’lon qilindi
Foto: Hyundai

Yangi multimedia tizimi örnatildi

Barça komplektatsiyalarda Hyundai’ning yangi Pleos Connect multimedia platformasi mavjud.

Versiyaga qarab u 12,9 yoki 17 dyuymli ekran bilan birga keladi. Tizim maxsus ilovalar dökonini qöllab-quvvatlaydi, undan navigatsiya, musiqa striming xizmatlari va ayrim öyinlarni yuklab oliş mumkin. Avtomobilda 100 Vt quvvatli USB portlari ham mavjud.

Avvalroq «Kursiv» Hyundai Sonata 2026 Xitoyda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek