
Angliya terma jamoasi va «Bavariya» hujumçisi Harri Keyn 2026-yilgi «Oltin töp» sohibi böldi. U ovoz berişda Kilian Mbappe va futbolçisi Lamin Yamalni ortda qoldirdi.
Mukofot 26-oktabr kuni Londondagi London Palladium saroyida ötkazilgan «Ballon d’Or»ning 70-yubiley marosimida topşirildi. Sovrin France Football jurnali tomonidan taşkil etiladi va ğolibni dunyoning 100 nafar jurnalisti aniqlaydi.
Keyn 25 yildan keyingi ilk ingliz ğolib böldi
33 yoşli Keyn «Oltin töp»ni qölga kiritgan beşinçi ingliz futbolçisiga aylandi. Undan avval bu sovrinni Stenli Metyuz, Bobbi Çarlton, Kevin Kigan va Maykl Ouen olgan edi. Sönggi ingliz ğolibi Ouen bölib, u 2001-yilda mukofotga sazovor bölgan.
Şuningdek, Keyn «Bavariya» safida «Oltin töp»ni qölga kiritgan 1981-yildagi Karl-Hayns Rummeniggedan keyingi ilk futbolçi böldi.
73 ta gol va uçta sovrin
ESPN ma’lumotiga köra, Keyn mukofot uçun hisobga olingan davrda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oşirdi.
U «Bavariya» bilan 2025/26-yilgi Bundesliga, Germaniya kubogi va 2025-yilgi Germaniya Superkubogini qölga kiritdi. Angliya terma jamoasi bilan esa 2026-yilgi jahon çempionati yarim finaliga qadar yetib bordi.
Mukofotni qabul qilib olgan Keyn London mezbonlik qilgani uning uçun alohida ahamiyatga ega ekanini aytdi.
«Deyarli gapira olmayapman. Londonda bölişim bu keçani yanada özgaça qildi. Menga ovoz berganlarning barçasiga rahmat», — dedi u.
Keyn «Bavariya» va Angliya terma jamoasidagi şeriklari, murabbiylari, şuningdek, sobiq jamoasi «Tottenhem»ga ham minnatdorlik bildirdi.
Mbappe ikkinçi, Yamal uçinçi
Erkaklar örtasidagi «Oltin töp» reytingida Kilian Mbappe ikkinçi, Lamin Yamal esa uçinçi örinni egalladi.
Keyingi örinlardan Rodri, Lionel Messi, Xviça Kvaratsxeliya, Usmon Dembele, Erling Holand, Maykl Olise va Fabian Ruis joy oldi.
Mbappe 2026-yilgi jahon çempionatida 10 ta gol urib, turnir tarixidagi umumiy gollari sonini 22 taga yetkazgan. Yamal esa Ispaniya bilan jahon çempionligini qölga kiritgan.
Yamal uçinçi bor eng yaxşi yoş futbolçi böldi
Lamin Yamal ketma-ket uçinçi yil erkaklar örtasida eng yaxşi yoş futbolçi deb topildi.
Ispaniya terma jamoasi boş murabbiyi Luis de la Fuente yilning eng yaxşi erkaklar murabbiyi, «Atletik Bilbao» darvozaboni Unai Simon esa yilning eng yaxşi darvozaboni böldi.
Parijning «PSJ» klubi erkaklar örtasida yilning eng yaxşi jamoasi deb topildi. «Arsenal» futbolçisi Bukayo Saka esa Sokrat mukofotiga sazovor böldi.
Aleksiya Putelyas uçinçi «Oltin töp»ini oldi
Ayollar örtasida «Oltin töp» Aleksiya Putelyasga nasib etdi. Bu uning faoliyatidagi uçinçi şunday sovrin böldi. U avval 2021 va 2022-yillarda ham ğolib bölgan edi.
Putelyas ötgan mavsum «Barselona» bilan Çempionlar ligasini qölga kiritib, turnirning 11 uçraşuvida sakkizta gol va yettita golli uzatma qayd etdi. Klub, şuningdek, Ispaniya çempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida ham ğolib çiqdi.
Ayollar reytingida Eva Payor ikkinçi, «Mançester Siti» hujumçisi Xadija Şou esa uçinçi örinni egalladi.
Marosimdagi boşqa ğoliblar
Ayollar örtasida Viki Lopes ikkinçi yil ketma-ket eng yaxşi yoş futbolçi böldi. «Barselona» boş murabbiyi Pere Romeu yilning eng yaxşi ayollar murabbiyi, Kata Koll esa eng yaxşi darvozabon deb topildi.
«Barselona» ayollar jamoasi yilning eng yaxşi klubi sovrinini qölga kiritdi. Meksikaning «Paçuka» klubi hujumçisi Çarlin Korral esa yilning eng yaxşi ayol hujumçisi böldi.
Şu tariqa, 2026-yilgi «Oltin töp» marosimining asosiy sovrinlari Harri Keyn va Aleksiya Putelyasga nasib etdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» «Oltin töp» marosimi 26-oktabr kuni Londondagi London Palladium teatrida ötkazilişi haqida yozgan edi.