AQŞ va Kanada bojlarni yumşatmoqçi

eʼlon qilindi
Tomonlar kelişuvga 2026-yil 3-noyabr kuni AQŞda bölib ötadigan oraliq saylovlargaça erişişi mumkin
Foto: Reuters

AQŞ va Kanada pölat hamda avtomobillarga qöyilgan bojlarni yumşatiş böyiça kelişuv ustida işlamoqda. Tomonlar kelişuvga 2026-yil 3-noyabr kuni AQŞda bölib ötadigan oraliq saylovlargaça erişişi mumkin. Bu haqda AQŞ va Kanada rasmiylari bilan taniş manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Kanada pölatiga 50 foizgaça boj qöllanmoqda

Muzokaralarda Kanadadan AQŞga olib kiriladigan pölat va avtomobillarga qöyilgan bojlarni kamaytiriş masalasi muhokama qilinmoqda. Hozirda Kanada pölatiga 50 foizgaça, avtomobillariga esa 25 foiz boj qöllanmoqda.

Reuters manbalariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati kelişuvga erişiş uçun Kanadadan qöşimça yon berişlarni kutmoqda. Kanada manbalaridan biri esa saylovlargaça kelişuvga erişiş mumkinligini bildirgan. Biroq u barça savdo masalalarini qamrab olmasligi mumkin.

Kanada boş vaziri Mark Karni AQŞ bilan muzokaralar jadallaşganini, ammo Ottava öz pozitsiyasini özgartirmaganini aytdi.

«Qandaydir siljişga erişilgan bölsa, bu AQŞ bizning pozitsiyamizga yaqinlaşayotgani sababli yuz berdi», – dedi Karni jurnalistlarga.

Muzokaralarda ikki davlat vazirlari iştirok etmoqda.

Muzokaralarda AQŞ savdo vaziri Xovard Latnik va Kanadaning AQŞ bilan savdo aloqalari uçun mas’ul vaziri Dominik LeBlan iştirok etmoqda. Ular sönggi vaqtlarda muntazam aloqada bölib kelmoqda.

Kanada hukumati vakili ikki davlat örtasida bir qator muhim masalalar böyiça muloqot davom etayotganini bildirdi. Ottava Kanada manfaatlarini hisobga oladigan va har ikki tomon uçun foydali savdo kelişuviga erişişga tayyor.

AQŞ va Kanada örtasidagi savdo muzokaralari joriy yilning avgust oyida töxtab qolgan edi. Tomonlar, jumladan, Kanada zavodlari uçun muhim bölgan örta va oğir yuk avtomobillariga qöyilgan bojlarni kamaytiriş masalasida kelişa olmagan.

AQŞ avtomobil işlab çiqaruvçilari ham bojlarning yumşatilişidan manfaatdor. Amaldagi çeklovlar avtomobillar va ehtiyot qismlarni ikki davlat örtasida taşiş xarajatlarini oşirgan.

Avvalroq AQŞdagi yirik siyosiy homiylar 2026-yilgi saylov kampaniyasiga hozirga qadar $1,3 mlrddan ortiq mablağ yönaltirgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek