Eng katta aybim Toşkentda tuğilmaganim edi — Mirziyoyev

Prezident Şavkat Mirziyoyev öz vaqtida Toşkent propiskasi bölmagani sabab institut tomonidan ajratilgan uyni rasmiylaştira olmaganini esladi. Bu haqda u «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuvda gapirdi.
Mirziyoyevning aytişiça, u Moskvada ilmiy işini himoya qilib qaytganidan söng özi işlagan institut tomonidan uy bilan ta’minlangan. Biroq uy uçun order olişda propiska masalasi tösiq bölgan.
«Institutdan menga uy berişgan. Ikkita bolam bor edi. Uy berilgan, lekin order oliş uçun propiska yöq. Mening eng katta aybim — Toşkentda tuğilmaganim edi. Lekin men Özbekiston fuqarosiman», – dedi prezident.
Uning sözlariga köra, Toşkent propiskasi bölmagani sabab unga uy orderi berilmagan.
Propiska böyiça qarorini esladi
Mirziyoyev prezident sifatida qabul qilgan dastlabki qarorlaridan biri propiska bilan boğliq bölganini ta’kidladi.
«Birinçi qabul qilgan qarorlarimdan biri — Özbekiston fuqarosi Özbekistonda propiska olişi mumkin, degan qaror edi», – dedi u.
Prezident bu voqeani ötgan davrdagi çeklovlar va odamlar duç kelgan byurokratik muammolar haqida gapirar ekan esladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mirziyoyev Ibn Sinoning bolaligi haqidagi film suratga olinayotgan maydonni közdan keçirgani haqida xabar berilgandi.