Fitch Özbekistonning 2030-yilgaça investitsion reytingga çiqiş imkoniyatini baholadi

Özbekiston investitsion darajadagi kredit reytingiga erişiş uçun iqtisodiy islohotlarni davom ettirişi, yuqori iqtisodiy ösiş sur’atlarini saqlaşi va davlat moliyasini barqaror yaxşilaşga erişişi zarur. Shu bilan birga, Fitch Ratings hozirça mamlakat 2030-yilgaça bu darajaga erişadi, deb aytişga tayyor emas. Bu haqda 2027-yil 27-oktabr kuni Fitch on Uzbekistan konferensiyasida Kursiv Uzbekistan muxbiri savoliga javoban Fitch Ratings’ning Osiyo-Tinç okeani mintaqasi suveren reytinglar guruhi direktori Sagarika Çandra ma’lum qildi.
Hozirda Fitch tomonidan Özbekistonning suveren kredit reytingi BB, prognozi esa «ijobiy» darajada baholangan. Minimal investitsion reyting — BBB- ga erişiş uçun mamlakat ikki bosqiç: avval BB+, söng BBB- darajasiga yuqorilaşi kerak:.
Özbekiston bunga erişa oladimi
2030-yilgaça suveren kredit reytingini investitsion darajaga oşiriş Özbekistonning strategik maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadga erişiş zarurligi haqida prezident Şavkat Mirziyoyev 2025-yil 10-iyunda IV Toşkent xalqaro investitsiya forumida sözlagan edi.
«Bunday çora-tadbirlar hisobiga 2030-yilga borib Özbekiston kredit reytingini investitsion darajaga oşirişni maqsad qilganmiz», — degan edi davlat rahbari.
Prezident bu maqsadga erişişni xorijiy investorlar uçun şart-şaroitlarni yaxşilaş, mahalliy va xorijiy kompaniyalar uçun teng imkoniyatlar joriy etiş, biznesning davlat organlari bilan aloqalarini soddalaştiriş va investitsiya faoliyatini himoya qiliş bilan boğlagan.
Fitch on Uzbekistan konferensiyasida Kursiv Uzbekistan vakili agentlik ekspertlaridan mamlakat investitsion reytingga çiqiş uçun aynan qanday şartlarni bajarişi kerakligi va bunga 2030-yilgaça erişiş mumkinmi, deb söradi. Savolga javob berar ekan, Sagarika Çandra Fitch 2026-yilda Özbekiston reytingi prognozini «ijobiy»ga özgartirganini eslatdi.
«Hozir reyting BB darajasida va prognoz ijobiy. Odatda ijobiy yoki salbiy prognozni körib çiqiş davri 18–24 oyni taşkil etadi. Keyingi bosqiç, agar press-relizimizda körsatilgan şartlar bajarilsa, reytingni BB+ darajasiga oşiriş bölişi mumkin», — deya tuşuntirdi u.
Biroq bunday oşirişdan keyin ham Özbekiston minimal investitsion daraja — BBB– dan bir bosqiç pastda qoladi.
Sagarika Çandra agentlik reytingning keyingi öşişiga ta’sir qiladigan körsatkiçlar böyiça mamlakat erişgan natijalarni hali baholaşi kerakligini ta’kidladi. Demak, ijobiy prognoz keyingi bosqiçga avtomatik ravishda ötişni anglatmaydi.
Qanday islohotlarni amalga oşiriş kerak
Çandraning aytişiça, reytingni yanada oşirişning asosiy şartlaridan biri makroiqtisodiy körsatkiçlar barqarorligi bölib qolmoqda.
«Biz qator islohotlar davom etişini va yuqori iqtisodiy ösiş sur’atlari saqlanişini kutyapmiz. Shu bilan birga, gap turli sohalarda, jumladan taşqi omillar bilan boğliq yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarni boşqara oliş qobiliyati haqida ham ketmoqda», — dedi Fitch vakili.
Uning qo‘şimça qilişiça, agentlik Özbekiston iqtisodiyotining barqarorligi kuçayayotganini doimiy kuzatmoqda. Biroq Fitch ijobiy dinamika uzoq muddat davomida saqlanişiga işonç hosil qilişi kerak.
Yana bir muhim şart — davlat moliyasi holatini yaxşilaş
Çandra Özbekistonning davlat qarzi darajasi hozir BB reytingiga ega mamlakatlar median körsatkiçidan ança past ekanini qayd etdi. Shu bilan birga, agentlik budjet körsatkiçlarida yanada barqaror yaxşilanişni körişni istaydi.
«Özbekiston ösayotgan iqtisodiyot va biz iqtisodiy rivojlaniş ehtiyojlari bilan birga xarajatlar ham oşişini kutamiz. Şuning uçun bizga budjet daromadlari qanday özgarayotgani va xarajatlarga ehtiyoj oşayotgan bir paytda taqçillikni nazoratda uşlab turiş mumkinmi — shu muhim — deya tuşuntirdi u.
Agentlik davlat korxonalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Çandraning aytişiça, davlat sektorining katta hajmi şartli majburiyatlar xavfini yuzaga keltiradi. Ya’ni kompaniyalarning moliyaviy majburiyatlari noqulay vaziyatda davlat budjetidan qöllab-quvvatlaşni talab qilişi mumkin. Fitch Özbekistonning kreditga layoqatliligini baholaşda bu xatarlarni ham hisobga oladi.
Özbekiston 2030-yilgaça BBB– reytingini olişi mumkinmi
Investitsion reytingga qaçon erişiş mumkinligi haqidagi savolga Çandra aniq prognoz bermadi. U Özbekiston yana ikki reyting bosqiçidan ötişi kerakligini, keyingi qarorlar esa islohotlarning amaldagi natijalari va iqtisodiyot holatiga boğliq bölişini ta’kidladi.
Fitch vakili mamlakat natijalari agentlikning asosiy kutilmalaridan sezilarli darajada yaxşi bölsa, yanada qulay ssenariy bölişi mumkinligini istisno qilmadi.
«Agar amaldagi natijalar bizning maqsadli körsatkiçlarimizdan ança yuqori bölsa, biz reyting harakatlari uçun belgilagan şartlar bilan çeklanib qolmaymiz. Agar natijalar asosiy ssenariydan yaxşi bölsa, xuddi şu narsa salbiy omillarga ham tegişli: agar jiddiy şok holat yuz bersa, bahoni qayta körib çiqişimizga töğri kelişi mumkin», — dedi Çandra.
Uning sözlariga köra, kutilgan natijalardan sezilarli darajada yuqori körsatkiçlarga erişilsa, reytingni yanada oşiriş imkoniyati mavjud. Biroq agentlik hozirça bunday ssenariyning ehtimolini miqdoriy baholay olmaydi va aniq muddatni ham ayta olmaydi.
Reytingni yanada oşiriş uçun mamlakat iqtisodiy ösişning barqarorligini namoyiş etişi, tarkibiy islohotlarni davom ettirişi, davlat moliyasini mustahkamlaşi va yirik davlat sektori bilan boğliq xatarlarni nazorat qilişi kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fitchning oltin narxining pasayişi Özbekistonga qanday ta’sir qilishi haqidagi prognozi haqida yozgan edi.