Google Pay Özbekistonda işga tuşdi: qaysi bank kartalari ulanmoqda?

Özbekistonda Google Pay xizmatlaridan foydalaniş imkoni paydo böldi. Xizmat orqali Android smartfonlarda bank kartalarini Google Wallet’ga qöşib, kontaktsiz tölovlarni amalga oşiriş mumkin.
Google Pay ishga tushishi uchun qonun özgartirilgan
Google Pay va Apple Pay’ning Özbekistonda işlaşi uchun avvalroq şaxsiy ma’lumotlarga oid qonunçilikka özgartiriş kiritilgan. Natijada ayrim turdagi ma’lumotlarni belgilangan talablar asosida xorijda saqlaş va qayta işlaşga ruxsat berildi.
Markaziy bank Tölov tizimlarini rivojlantirish departamenti direktori Jamshid Usmonov iyul oyida Kursiv Uzbekistan’ga qonunchilikdagi özgarişlardan söng Markaziy bank, tijorat banklari, Humo va Uzcard Google hamda Apple bilan muzokaralarni boşlaganini ma’lum qilgan edi.
2026-yil 27-oktabr holatiga köra, Google Wallet Uzum Bank, AVO Bank, TBC Bank, Octobank va Kapitalbank kabi banklarning Visa va Mastercard kartalarini qöllab-quvvatlamoqda. Google’ning özi ham qaysi kartalar xizmatda işlaşini banklar belgilaşini ma’lum qildi.
Uzum Bank kartalarini Google Pay’ga qöşiş mumkin

Uzum Bank ilovasidagi karta sahifasida «Google Wallet’ga qöşiş» funksiyasi paydo böldi. U orqali kartani Google Wallet’ga ulab, smartfon yordamida kontaktsiz tölov qiliş mumkin.
Bu Google Pay’ning Özbekistonda işga tuşirilgani ortidan mahalliy bank kartalarining xizmatga amalda ulana boşlaganini körsatmoqda.
Şuningdek, öqing: Yaqinda Apple Pay Özbekistonda işga tuşirilişi kutilmoqda
Boşqa banklar ham xizmatga ulanmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda boşqa mahalliy banklar mijozlari ham kartalarini Google Pay’ga qöşayotgani haqida xabarlar paydo bölmoqda. Xususan, bloger Nikita Makarenko Telegram kanalida Google Wallet menyusida Özbekistonni tanlaş imkoniyati paydo bölgani haqida xabar berdi. Biroq xizmatni qöllab-quvvatlaydigan bank va kartalarning töliq rasmiy röyxati hozirça e’lon qilinmagan.
Google Pay orqali kontaktsiz tölov qiliş uçun smartfon NFC texnologiyasini qöllab-quvvatlaşi va karta emitenti xizmat bilan integratsiya qilingan bölişi kerak.
Avvalroq Google Pay O‘zbekistonda yaqin haftalarda işga tuşişi haqida ma’lum qilingani haqida xabar berilgan edi.