Ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari direktorlari bir yillik kontrakt asosida işlaydi

2027-yildan Özbekistondagi 26 ta ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazi direktori bilan bir yillik kontrakt asosida işlaş tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Markaz rahbarlari oldiga sohaga yangilik olib kiriş, quyi böğindagi tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş böyiça aniq vazifalar qöyiladi.
Direktorlar faoliyatiga yil yakunida baho beriladi
Yangi tizim doirasida nufuzli xorijiy universitetlarning klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinadi. Ular ixtisoslaştirilgan markazlar faoliyatidagi kamçiliklarni aniqlaşga kömaklaşadi.
Şundan kelib çiqib, har bir markaz direktorining vazifalari va yil davomida erişişi kerak bölgan natijalari aniq belgilanadi.
Direktorlar yil yakunida jamoatçilik oldida faoliyati böyiça hisobot beradi. Kontraktning keyingi muddatga uzaytirilişi esa rahbarning erişgan natijalariga boğliq böladi.
Şifoxona va poliklinikalarga aholi baho beradi
Prezident 2027-yildan respublika, viloyat va tuman darajasidagi har bir şifoxona hamda poliklinika faoliyatini aholining özi baholaydigan mexanizm joriy etiş vazifasini ham qöydi.
Bunda tibbiy xizmatdan foydalangan fuqarolarning fikri muassasa faoliyatini baholaşdagi asosiy körsatkiçlardan biriga aylanişi közda tutilmoqda.
Şifokor va hamşiralar oyligi KPIga boğlanadi
Uçraşuvda şifokor va hamşiralarning iş haqi ham KPI – faoliyat samaradorligi körsatkiçlariga boğlanişi qayd etildi.
Bunda aholining körsatilayotgan tibbiy xizmatdan qoniqiş darajasi asosiy mezonlardan biri böladi.
Yangi tizim orqali nafaqat tibbiyot muassasalari rahbarlari, balki bevosita bemorlar bilan işlaydigan xodimlarning ham xizmat sifati va natijadorligi baholanadi.
Tibbiy jamoalar hududlarda malaka oşiradi
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Şavkat Mirziyoyev kelasi yildan har bir hududga kamida $150 mln investitsiya va grant jalb qiliş vazifasini qöygani haqida yozgan edi.
Şuningdek, Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar böyiça mutaxassislarni tayyorlaş va genetik tekşiruvlarni joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Hududlardagi jarroh, anesteziolog, reanimatolog, assistent va hamşiralardan iborat tibbiy jamoalar esa respublika ixtisoslaştirilgan markazlarida 3-4 oylik stajirovkadan ötkazilişi közda tutilgan.