Özbekistonda örtaça oylik iş haqi 7,27 million sömni taşkil etdi

eʼlon qilindi
Toşkent şahrida 12 mln 300,8 ming söm
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 7,9 foizga o‘sadi — YTB asosiy omillarni ma’lum qildi
Foto: Depositphotos

Özbekistonda 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida örtaça oylik nominal iş haqi 7 mln 274,1 ming sömga yetdi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 18 foizga köp. Şu bilan birga, ilk bor e’lon qilingan mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming sömni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Qaysi hududlarda iş haqi yuqori

Hududlar orasida eng yuqori örtaça oylik iş haqi Toşkent şahrida qayd etildi – 12 mln 300,8 ming söm. Bu körsatkiç bir yil ichida 18,3 foizga ösgan.

Navoiy viloyatida örtaça oylik iş haqi 8 mln 820,5 ming sömni, Toşkent viloyatida 6 mln 889,9 ming sömni, Buxoro viloyatida 5 mln 840,9 ming sömni taşkil etdi.

Böşqa hududlarda körsatkiçlar quyidagiça böldi:

  • Andijon viloyati – 5 mln 765,4 ming söm;
  • Sirdaryo viloyati – 5 mln 736 ming söm;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 5 mln 676,8 ming söm;
  • Xorazm viloyati – 5 mln 623,2 ming söm;
  • Jizzax viloyati – 5 mln 506,4 ming söm;
  • Namangan viloyati – 5 mln 395,9 ming söm;
  • Farğona viloyati – 5 mln 383,3 ming söm;
  • Samarqand viloyati – 5 mln 373,4 ming söm;
  • Surxondaryo viloyati – 4 mln 988,9 ming söm;
  • Qaşqadaryo viloyati – 4 mln 969,7 ming söm.

Qaysi sohalarda oylik ko‘proq

Iqtisodiy faoliyat turlari orasida eng yuqori örtaça oylik iş haqi bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida qayd etildi. Bu sohada oylik 19 mln 712,6 ming sömni taşkil qilib, ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 17,8 foizga ösgan.

Axborot va aloqa sohasida örtaça oylik iş haqi 17 mln 6,9 ming sömga yetgan. Taşiş va saqlaş sohasida bu körsatkiç 11 mln 269,2 ming sömni taşkil etib, bir yil ichida 19,8 foizga oşgan.

Sanoat sohasida örtaça oylik 8 mln 365,9 ming söm, savdoda 7 mln 694,4 ming söm, qurilişda 7 mln 138,1 ming söm böldi.

Ta’lim sohasida iş haqi 5 mln 15,2 ming sömni taşkil etib, 19,6 foizga ösgan. Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa örtaça oylik 4 mln 454,2 ming sömga yetgan.

Mediana iş haqi qança

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil yanvar – avgust oylarida respublika böyiça mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç örtaça oylik iş haqidan farq qiladi: mediana barça iş haqlari eng pastidan eng yuqorisigaça tartiblanganda aynan örtada turgan qiymatni anglatadi.

Mediana iş haqi hududlar böyiça taqqoslanganda, eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida – 6 mln 791,2 ming söm, eng pasti esa Sirdaryo viloyatida 2 mln 998,4 ming söm böldi.

Iqtisodiy faoliyat turlari orasida mediana iş haqi bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida 11 mln 363,9 ming sömni, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlarida esa 2 mln 860 ming sömni taşkil etdi.

Mediana iş haqi hisob-kitobida qişloq xöjaligi korxonalari va kiçik tadbirkorlik subyektlari inobatga olinmagan. Shuningdek, sentabr oyi uçun xodimlar kesimidagi ma’lumotlar töliq şakllanmagani sababli mediana körsatkiçi yanvar – avgust davri böyiça berilgan.

2026-yilda Özbekiston banklarida mutaxassislarning iş haqi 22 foizga, örta böğin rahbarlariniki 20 foizga, top-menejerlarniki esa 25 foizga oşişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek