Özbekistonda tibbiy infratuzilma 2036-yilgaça master-reja asosida rivojlantiriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani yagona master-reja asosida rivojlantiriş va soğliqni saqlaş tizimida xususiy sektor iştirokini kengaytiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Rejaga köra, 2026 – 2036-yillarda tibbiyot muassasalarini joylaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş aholining soni, tibbiy xizmatlarga ehtiyoji hamda muassasalarga yetib boriş vaqtini hisobga olgan holda taşkil etiladi.
Tibbiyot obyektlarining yagona raqamli reyestri yaratiladi
Davlat rahbariga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, tizimdagi mavjud obyektlarni töliq xatlovdan ötkaziş rejalaştirilgan.
Hozirgaça önta viloyatda ötkazilgan xatlov davomida soğliqni saqlaş sohasiga tegişli 3 499 ta obyekt aniqlangan. Bu Kadastr agentligi ma’lumotlarida qayd etilganidan 494 taga köp.
Endi barça hududlarda xatlovni yakunlaş, har bir obyektning elektron pasportini şakllantiriş va tibbiyot tizimidagi köçmas mulkning yagona raqamli reyestrini yaratiş taklif etilmoqda.

Qaysi şifoxona saqlanişi yoki birlaştirilişi oldindan belgilanadi
Xatlov natijalari asosida 2026 – 2036-yillarga möljallangan tibbiy infratuzilma master-rejalari işlab çiqiladi.
Har bir hudud böyiça aholi soni va uning ösişi, tibbiy xizmatlarga ehtiyoj, mavjud muassasalar quvvati va bemorlarning ularga yetib boriş vaqti hisobga olinadi.
Master-reja qaysi obyektni saqlab qoliş, birlaştiriş yoki rekonstruksiya qiliş, yangi tibbiyot muassasasini qayerda quriş, qanday jihozlaş va qança mutaxassis talab etilişini belgilaşi kerak.
Kelgusida davlat investitsiya dasturlarini ham aynan şu rejalar asosida şakllantiriş nazarda tutilgan.
Murakkab davolaş markazlarda jamlanadi
Tibbiyot muassasalari körsatadigan yordam darajasiga qarab yagona tizimda özaro boğlanadi.
Murakkab va yuqori texnologik tibbiy xizmatlar tayanç markazlarda jamlanadi. Tumanlarda esa bazaviy hamda şoşilinç tibbiy yordam xizmatlari saqlab qolinadi.
Birlamçi tibbiy yordamni rejalaştirişda qişloq va olis aholi punktlari hamda şaharlar uçun alohida xizmat körsatiş me’yorlarini belgilaş taklif qilindi.

Samarqandda tumanlardagi şifo örinlari uluşi 67 foizga yetkaziladi
Yangi tizim Samarqand viloyati misolida ham körib çiqildi.
Viloyat aholisining 80 foizi tumanlarda yaşaydi. Biroq hozir tumanlar hissasiga mavjud şifo örinlarining atigi 41,7 foizi töğri keladi.
Master-reja asosida tibbiy hududlarni qayta taşkil etiş va tumanlardagi şifo örinlari uluşini 67 foizgaça oşiriş közda tutilgan.
Bu orqali tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlaştiriş rejalaştirilmoqda.
Uç tumanda 1,5 mingta yangi şifo örni yaratiladi
Samarqand şahri, Urgut, Pastdarğom, Kattaqörğon, Iştixon va Payariqda yangi şifoxonalar quriş va mavjudlarini rekonstruksiya qiliş rejalari taqdim etildi.
Viloyat markazidagi ayrim ixtisoslaşgan muassasalarni köp tarmoqli şifoxonalar negizida qayta taşkil qiliş, markaziy laboratoriyalar, sterilizatsiya va diagnostika xizmatlarini rivojlantiriş ham taklif etildi.
Urgut, Kattaqörğon va Pastdarğomda 2030-yilgaça jami 1,5 mingta yangi şifo örni yaratiş rejalaştirilgan.
Yangi şifoxonalarga yagona talablar joriy etiladi
Taqdimotda yangi tibbiyot obyektlarini quriş faqat bino barpo etiş bilan çeklanmasligi ta’kidlandi.
Poliklinika va şifoxonalarni loyihalaşda bemorlarning harakatlanişini qulay taşkil etiş, infeksion nazorat, inklyuziv muhit va xonalarni jihozlaş böyiça yagona talablarni joriy etiş taklif qilindi.
Davolaş jarayonida esa xalqaro tavsiyalarga asoslangan klinik protokollarni Özbekiston şaroitiga moslaştiriş, amaliyotga tatbiq etiş va ularning natijalarini muntazam baholab boriş nazarda tutilmoqda.
Xususiy sektor tibbiy xizmatlarga köproq jalb qilinadi
Taqdimotda soğliqni saqlaş tizimida xususiy sektor iştirokini kengaytirişga qaratilgan qaror loyihasi ham körib çiqildi.
Unda gemodializ, laboratoriya diagnostikasi, boşqa taşxislaş xizmatlari hamda tibbiy uskunalarga texnik xizmat körsatişni autsorsing asosida xususiy sektordan xarid qiliş taklif etilgan.
Hozirgi bir yillik şartnomalar örniga xususiy kompaniyalar bilan beş yilgaça bölgan hamkorlik mexanizmlarini joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Bu xususiy şeriklarga uskunalar va xizmatlarga uzoq muddatli investitsiya kiritiş imkonini berişi kutilmoqda.
Uskunani xususiy kompaniya öz hisobidan olib keladi
Taklif qilinayotgan mexanizmga köra, davlat tibbiyot muassasasi muayyan xizmatni xarid qiladi. Xususiy taşkilot esa zarur tibbiy uskunani öz mablaği hisobidan olib keladi, uning işlaşi, texnik xizmat körsatilişi va yangilanib borişini ta’minlaydi.
Bunday xizmatlarni xarid qiliş uçun yagona tender hujjatlari va elektron tizim joriy etilişi ham körib çiqilmoqda. Şuningdek, ayrim davlat tibbiyot muassasalarini professional kompaniyalarga boşqaruvga beriş imkoniyati örganiladi.
Avvalroq «Kursiv» tibbiyot sohasi vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.