Prezident Garvard mutaxassisiga vazir maslahatçisi lavozimini taklif qildi

eʼlon qilindi
«Xohlasangiz, bugundan qöl qöyaman»
Prezident Garvard mutaxassisiga vazir maslahatchisi lavozimini taklif qildi
Videodan ekran tasviri

Prezident Şavkat Mirziyoyev Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlik qilayotgan mutaxassis Nilufar Qahhorovaga Soğliqni saqlaş vaziri maslahatchisi lavozimini taklif qildi. Bu haqda davlat rahbari Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

Uçraşuvda Nilufar Qahhorova Özbekistonda saraton kasalliklarini erta aniqlaş, şifokorlar malakasini oşiriş, farmatsevtika va genomika yönalişlaridagi takliflarini taqdim etdi.

Suhbat yakunida prezident unga Soğliqni saqlaş vaziri maslahatchisi sifatida işlaşni taklif qildi.

«Men bugun alohida vazirga maslahatçi lavozimi beraman. Xohlasangiz, bugundan qöl qöyaman. Vazirimizning maslahatçisi bölib, köçib kelasizmi, u yoqda bölasizmi, lekin biz bilan birga mana şu islohotlarni amalga oşirsangiz, men sizdan juda minnatdor bölardim», – dedi Mirziyoyev.

Qahhorova taklifga javoban Özbekistonda işlaşga tayyorligini bildirdi.

«Agar Özbekistonda turib foydam tegadigan bölsa, albatta, jon deb qolaman. Qayerda bölmay, Özbekistonga har qanday hissamni qöşişga tayyorman», – dedi u.

Oltita saraton turini erta aniqlaş dasturi yölga qöyiladi

Qahhorovaning aytişiça, u Respublika onkologiya markazi, Soğliqni saqlaş vazirligi va Onkologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda onkologik kasalliklarni erta aniqlaş va töğri taşxislaş loyihalarida qatnaşmoqda.

U Özbekistonda ilk bor Andijonda yöğon içak saratonini erta aniqlaş dasturi yölga qöyilganini aytdi.

«2026-yilda oltita onkologik kasallikni erta aniqlaş dasturi Özbekiston davlat dasturiga kiritildi. 2027-yilda Harvard Dana-Farber saraton kasalliklari instituti bilan birgalikda uşbu oltita kasallik böyiça pilot dasturni Samarqandda boşlaymiz», – dedi Qahhorova.

Şifokorlarni Garvard tizimida öqitiş taklif qilindi

Mutaxassis Toşkentdagi 7-son poliklinika faoliyati bilan tanişganini va u yerdagi brigada tizimini ijobiy baholaganini bildirdi.

U poliklinikadagi ikki şifokor, patronaj hamşira va yordamçi hamşiradan iborat brigadalarni Dana-Farber saraton markazida tört-olti haftalik malaka oşiriş dasturiga yuborişni taklif qildi.

«Ular bepul darslarda qatnaşadi va sertifikat bilan ta’minlanadi. Şu tajribani keyin Özbekistonda tatbiq etişlari mumkin», – dedi u.

Şuningdek, soğliqni saqlaş tizimini boşqariş va administratsiya böyiça maxsus öquv kurslarini yölga qöyiş taklif qilindi.

Farmatsevtika va genomika böyiça qöşma loyihalar rejalashtirilmoqda

Qahhorova Garvard, Dana-Farber, Brigham and Women’s Hospital va boşqa taşkilotlar bilan dori vositalari, tibbiy jihozlar, genomika va genetika yönalişlarida qöşma ilmiy loyihalarni rivojlantiriş mumkinligini aytdi.

Uning sözlariga köra, Özbekistonda dori vositalarini mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş Davlat budjeti xarajatlarini kamaytirişga ham xizmat qilişi mumkin.

Qahhorova Harvard va Dana-Farber bilan Özbekistonda ilmiy tadqiqotlarni yölga qöyiş masalalari böyiça dastlabki kelişuvlarga erişilganini ham bildirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq xorijda işlayotgan özbekistonlik şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama berilişi haqida xabar berilgandi. Prezidentning ta’kidlaşiça, asosiy maqsad xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni şunçaki işga taklif qiliş emas, balki ularning Özbekistonda öz professional maktabini yaratişi uçun şaroit yaratişdan iborat.

Shuningdek