Soliq huquqbuzarliklari böyiça 86 mingdan ortiq murojaatlar kelib tuşdi

eʼlon qilindi
Fuqarolarga 30,5 mlrd söm mukofot tölandi
Soliq huquqbuzarliklari böyiça 86 mingdan ortiq murojaat kelib tuşdi
Foto: depositphotos

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq hamkor» tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 86 152 ta murojaat kelib tuşdi. Eng köp şikoyat xarid çekini bermaslik holatlari böyiça qayd etilgan.

68,9 mingta murojaat çek bermaslik bilan boğliq

Soliq organlari ma’lumotiga köra, jami murojaatlarning 68 960 tasi xarid çekini bermaslik holatlariga tegişli bölgan.

Yana 2 696 ta murojaatda tölovni plastik karta orqali qabul qilmaslik, 188 ta holatda esa plastik karta bilan tölov qilganda xarid summasini oşiriş haqida xabar berilgan.

Qolgan 14 578 ta murojaat boşqa turdagi soliq huquqbuzarliklariga töğri kelgan.

Foto: Soliq qömitasi

24,8 mingta murojaat körib çiqilmagan

Jami 24 795 ta murojaat takroriy bölgani yoki şikoyat kelib tuşgan tadbirkorlik subyektida tekşiruv davom etayotgani sababli körib çiqilmagan.

Qolgan murojaatlar asosida 59 440 ta sayyor soliq tekşiruvi ötkazilgan. Tekşiruvlarning 99,7 foizida huquqbuzarlik holati tasdiqlangan.

Fuqarolarga 30,5 mlrd söm mukofot tölandi

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 45 943 ta holat böyiça jami 30,5 mlrd söm mukofot tölangan. Mukofot miqdori undirilgan jarima summasining 20 foizini taşkil etgan.

Şu tariqa «Soliq hamkor» tizimi orqali kelib tuşgan murojaatlar asosida ötkazilgan tekşiruvlarning deyarli barçasida qoidabuzarlik tasdiqlangan.

Avvalroq «Kursiv» soliq organining hisobvaraqlarni bloklaş qaroriga sud orqali e’tiroz bildirilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek