Toşkent tumanida kömir yoqayotgan issiqxonaga çora körildi

Toşkent tumanidagi issiqxonalardan birida ekologik talablarga rioya qilinmasdan kömir yoqilgani aniqlandi. Holat Ekopolitsiya xodimlari ötkazgan tungi reyd davomida qayd etildi.
Reyd davomida Toşkent tumani hududidagi issiqxonalardan biri heç qanday ekologik talablarga rioya qilmasdan kömir yoqib, havoni ifloslantirayotgani aniqlandi.
Holat böyiça çora körildi
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lumotiga köra, aniqlangan holat yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda çora körildi.
Şuningdek, qoidabuzarlik bartaraf etildi. Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, 23 – 24-oktabr kunlari Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi 62 ta issiqxona tekşirilib, bir issiqxona faoliyati töxtatilgani haqida xabar berilgandi. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lumotiga köra, Toşkent viloyatidagi 46 ta issiqxonada ekologik monitoring olib borilgan.
Jumladan, Toşkent tumanida 10 ta, Zangiota tumanida 9 ta, Yuqori Çirçiq tumanida 8 ta, Qibray tumanida 12 ta va Yangiyöl tumanida 7 ta issiqxona tekşirilgan. Şuningdek, Hasanboy mahallasi va Qibray tumanidagi yana 16 ta issiqxonada örganiş ötkazilgan.