Volkswagen kelajak avtomobillari uçun yangi çip texnologiyasini joriy etadi

Germaniyaning Volkswagen Group kompaniyasi NXP Semiconductors bilan hamkorlikda kelajak avtomobillari uçun yagona yarimötkazgiç texnologiyasini işlab çiqmoqda. Yangi tizim avtomobillardagi elektron qurilmalar soni va murakkabligini kamaytiriş, dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiriş hamda turli modellar uçun umumiy texnologik platforma yaratişga qaratilgan. Uşbu arxitekturadan foydalanadigan ilk avtomobilni 2027-yilda çiqariş rejalaştirilgan. Bu haqda Express Computer xabar berdi.
Avtomobillarning elektron tizimi soddalaştiriladi
Zamonaviy avtomobillarda yoritiş, xavfsizlik, qulaylik, kuzov boşqaruvi va boşqa vazifalar köplab alohida elektron boşqaruv bloklari orqali amalga oşiriladi. Bunday tizimlarni işlab çiqiş va boşqariş murakkab bölib, avtomobilning yangi funksiyalar bilan yangilanişini ham qiyinlaştirişi mumkin.
Volkswagen va NXP yangi zonal arxitektura orqali bir neçta vazifani kamroq boşqaruv bloklariga birlaştirişni rejalaştirmoqda. Bunda NXP’ning S32K5 oilasiga mansub mikrokontrollerlari avtomobilning muayyan hududidagi sensorlar va boşqa qurilmalardan keladigan ma’lumotlarni qayta işlaydi.
Yangi tizim yoritiş, kuzov boşqaruvi, qulaylik, şassi va xavfsizlik funksiyalarini qöllab-quvvatlaydi. U avtomobilning markaziy hisoblaş tizimi bilan birgalikda işlaydi.
Sun’iy intellekt va dasturiy yangilanişlar uçun asos
Yangi arxitektura avtomobillarda ilğor multimedia tizimlari va sun’iy intellekt yordamidagi avtomatlaştirilgan boşqaruv funksiyalarini rivojlantiriş uçun ham texnologik asos yaratişi kutilmoqda.
Hamkorlik Volkswagen Group va elektromobil işlab çiqaruvçi Rivian örtasidagi qöşma loyiha – RV Teç doirasida işlab çiqilmoqda. Yagona texnologik platformadan ikkala kompaniyaning avtomobillarida foydalaniş rejalaştirilgan, biroq brendlarning öziga xos funksiyalari saqlab qolinadi.
Yangi tizim xavfsiz simsiz dasturiy yangilanişlarni ham qöllab-quvvatlaşi közda tutilgan. Bu işlab çiqaruvçilarga ayrim funksiyalarni yangilaş uçun avtomobilning elektron uskunalarini töliq almaştiriş zaruratini kamaytirişi mumkin.
Volkswagen çip ta’minotini mustahkamlamoqçi
Volkswagen uçun NXP bilan hamkorlik nafaqat yangi texnologiyalarni joriy etiş, balki yarimötkazgiçlar ta’minotini uzoq muddatga rejalaştiriş imkonini ham beradi.
Sönggi yillarda avtomobil sanoatida çiplar, dasturiy ta’minot va hisoblaş quvvati avtomobilning muhim tarkibiy qismlariga aylandi. Şu sababli işlab çiqaruvçilar elektron komponentlar yetkazib beruvçilari bilan uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqda.
Volkswagen Group yangi platforma orqali turli modellarda texnologiyalarni birxillaştiriş, işlab çiqiş xarajatlarini kamaytiriş va raqamli funksiyalarni tezroq joriy etişni maqsad qilgan.
Avvalroq FAW-Volkswagen’ning Jetta brendi Xitoyda yangi Volkswagen Jetta M6 elektromobilini sotuvga çiqargandi.