Xitoyda özbekistonliklar uçun ta’lim dasturlari rejalaştirilmoqda

eʼlon qilindi
Talabalar uçun uzoq muddatli ta’lim dasturlari
Xitoyda özbekistonliklar uçun taʼlim dasturlari rejalaştirilmoqda
«Dunyo» axborot agentligi

«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekistonning Şanxaydagi konsulxonasi diplomatlari Çjetszyan provinsiyasiga safari davomida institut prorektori Livey Fen bilan uçraşgan.

Muzokaralarda akademik almaşinuv, özbekistonlik talabalar uçun uzoq muddatli ta’lim dasturlari hamda talaba va öqituvçilar uçun qisqa muddatli kurslar taşkil etiş masalalari körib çiqilgan.

Ta’limni muhandislik, hamşiralik işi, transport, töqimaçilik sanoati, elektromobillarni ta’mirlaş, yangi energetika va sun’iy intellekt yönalişlarida yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.

Tomonlar amaliy tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratgan. Özbekistonlik talabalarning Szyasin şahridagi yetakçi işlab çiqariş korxonalari, tibbiyot muassasalari, metropoliten va temir yöl vokzallarida kasbiy tajriba orttirişi közda tutilgan.

Xitoy tomoni Özbekiston texnikumlari bilan hamkorlik mexanizmlarini muhokama qiliş va kelişuvlar imzolaş uçun 2026-yil noyabrda Livey Fen boşçiligidagi delegatsiyani Özbekistonga yuborişga tayyorligini bildirgan.

Szyasin Nanyan politexnika instituti 2002-yilda Şanhay Szyao Tun universiteti kömagida taşkil etilgan xususiy professional oliy ta’lim muassasasidir. Unda qariyb 12 ming talaba tahsil oladi. Institutning yettita ixtisoslaştirilgan maktabida 30 dan ortiq mutaxassislik böyiça ta’lim beriladi.

Avvalroq Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Şahlo Turdiqulova Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS)ning Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça vitse-prezidenti etib saylangandi.

Shuningdek