Xitoydan keltirilgan 22,5 tonna meva çegarada uşlab qolindi

Xitoydan olib kelinayotgan yuk orasidan hujjatlarda qayd etilmagan 14 turdagi meva topildi. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasining ma’lumotiga köra, yukning umumiy oğirligi 22,5 tonnadan oşadi.
14 turdagi mahsulot hujjatda bölmagan
Toşkent viloyatidagi «S.Najimov» çegara maskanida Xitoydan meva olib kelayotgan yuk maşinasi fitosanitar nazoratdan ötkazilgan. Dastlabki körikda inspektorda şubha paydo bölgan va transport vositasidagi mahsulotlarni tuşirib, ikkilamçi tekşiruv ötkazişga qaror qilingan. Natijada fitosanitar sertifikatida körsatilmagan 14 turdagi mahsulot aniqlangan.
Ular orasida mandarin, ananas, avokado, apelsin, uzum, papayya, marakuyya va fizalis kabi mevalar bor. Hujjatlarda qayd etilmagan mahsulotlarning jami oğirligi 22 529,6 kgni taşkil etgan.
Mahsulotlar qaytarib yuboriladi
Aniqlangan yuk vaqtinça töxtatib turilgan. Şuningdek, mahsulotlarni qaytarib yuboriş böyiça tegishli dalolatnomalar rasmiylaştirilgan. Hozirda mazkur holat Bojxona qömitasi xodimlari bilan hamkorlikda örganilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan köçadagi tarvuz iste’mol uçun xavfsizmi yoki yöqligi haqida tarvuz sotuvçi tadbirkorga va Toşkent şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi (SES)ga murojaat qilgan edi.