YaIMning 30 foizdan ortiği investitsiyalar hissasiga töğri keladi

eʼlon qilindi
«Özbekiston investitsiyaga tayangan iqtisodiyot»
2025-yilda O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 24 foizga oshdi
Foto: depositphotos

Özbekiston iqtisodiyotida yaratilayotgan qöşilgan qiymatning 30 foizdan ortiği investitsiyalar hissasiga töğri kelmoqda. 2026-yil yakunida mamlakat YIMi 8 foizdan köpga oşişi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Karşibaev 27-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan Fitch on Uzbekistan tadbirida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

«Özbekiston investitsiyaga tayangan iqtisodiyot»

Karşibaevning aytişiça, Özbekiston iqtisodiy ösişida investitsiyalar va içki iste’mol muhim rol öynamoqda.

«Biz, asosan, investitsiya va iste’mol hisobiga ösayotgan iqtisodiyotmiz. Investitsiya nuqtayi nazaridan qaraganda, YIMdagi qoşilgan qiymatning 30 foizdan ortiği investitsiyalar hissasiga töğri keladi», – dedi u.

Uning fikriça, aynan şu sabab Özbekiston importining oşişi tabiiy jarayon hisoblanadi. Yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun uskunalar, texnologiyalar va boshqa mahsulotlar importi talab etiladi.

«Import sezilarli oşayotgan bir paytda joriy hisob taqçilligining 5 foizdan past saqlanayotgani iqtisodiyotning barqarorligini körsatadi», – dedi Karşibaev.

Uning ma’lumotiga köra, joriy hisob taqçilligi YIMga nisbatan 3,4 foizni taşkil etmoqda.

Şuningdek, öqing: Mirziyoyev investorlar uçun «ÖZ» falsafasini ilgari surdi

YIM 2026-yilda 8 foizdan köpga oşişi kutilmoqda

Karşibaev 2025-yilda Özbekiston iqtisodiyoti 7,7 foizga o‘sganini, 2026-yilning birinçi yarmida esa ösiş 8,5 foizni taşkil etganini ma’lum qildi.

«Yil yakunida real YIM ösişi 8 foizdan yuqori bölişini kutyapmiz. Bunga içki iqtisodiy faollik, investitsiyalar, eksport, xizmatlar va davom etayotgan tarkibiy islohotlar yordam beradi», – dedi u.

2027-yilda esa hukumat iqtisodiy ösişni kamida 7% darajasida saqlab qolişni kutmoqda.

Karşibaev uzoq muddatda yuqori ösiş sur’atlarini saqlab qoliş murakkab vazifa ekanini ham ta’kidladi.

«Yuqori ösiş sur’atlarini ön yil davomida saqlay olgan 40 ga yaqin davlatning faqat töqqiztasi keyingi ön yillikda ham şunday natijani davom ettira olgan. Bu ança murakkab vazifa», – dedi u.

Inflyatsiya 6,4 foizga tuşdi

Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisining aytişiça, sentabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizni taşkil etdi. Ötgan yilning xuddi şu davrida körsatkiç 8% atrofida bölgan.

U bu pasayiş energiya tariflarini erkinlaştiriş jarayoni davom etayotgan bir paytda yuz berayotganiga e’tibor qaratdi.

«Inflyatsiyaning pasayişi qat’iy pul-kredit şaroitlari hamda ötgan yilgi energiya tariflari oşişining bazaviy ta’siri susaygani bilan boğliq», – dedi Karşibaev.

Markaziy bank 2027-yil oxirigaça inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli körsatkiçga tuşirişni rejalashtirmoqda.

Şuningdek, öqing: Özbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi

Valyuta zaxiralari $66,6 mlrd ga yetdi

Karşibaevning ma’lumotiga köra, 1-oktabr holatiga Özbekistonning xalqaro zaxiralari $66,6 mlrd ni taşkil etdi. Bir yil avval ularning hajmi qariyb $55 mlrd bölgan.

«Zaxiralarning bosqiçma-bosqiç oşişi potensial taşqi şoklarga qarşi himoya yostiğining kuçayayotganini körsatadi», – dedi u.

Şuningdek, sof töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hajmi $2,3 mlrd ga yetgan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç $1,6 mlrd ni taşkil etgan. Pul ötkazmalari esa 30 foizga oşib, $9,3 mlrd ga yetgan.

Şuningdek, öqing: Özbekiston avgust oyida 8 tonna oltin sotib oldi

Davlat qarzi YIMning 27 foizini taşkil etmoqda

Karşibaev hukumat fiskal intizomni saqlaş va davlat qarzini ehtiyotkorlik bilan boşqariş siyosatini davom ettirayotganini bildirdi.

2026-yilning birinçi yarmida budjet taqçilligi YIMga nisbatan 0,7 foizni taşkil etgan. Yil yakunida uning 3 foizlik belgilangan çegaradan past bölişi kutilmoqda.

Davlat qarzining YIMga nisbati esa 27 foizni taşkil etmoqda.

«Biz yil yakunida ham davlat qarzi YIMning 30 foizidan past darajada qolişini kutyapmiz», – dedi Karşibaev.

Reyting oşişi qarz olish xarajatlarini kamaytirdi

Karşibaev Fitch tomonidan Özbekistonning suveren kredit reytingi 2025-yil iyunida «BB-» darajasiga kötarilgani, 2026-yil iyunida esa reyting istiqboli «barqaror»dan «ijobiy»ga özgartirilganini eslatdi.

Uning aytişiça, reyting körsatkiçlarining yaxşilanişi natijasida yangi taşqi qarzlarni jalb qiliş qiymati örtaça 150 bazis punktga kamaygan.

Suveren reytingdan keyin 29 ta bank va davlat korxonalarining reytinglari ham yaxşilangan.

«Ularning qarz jalb qiliş xarajatlari örtaça qariyb 2 foizga kamaydi. Bu reytingga ega böliş moliyalaştiriş qiymatini kamaytirişini aniq körsatadi», – dedi u.

Maqsad — investitsion reytingga yaqinlaşiş

Karşibaev hukumat kelgusi yillarda Özbekiston iqtisodiyotini investitsion darajadagi reytingga olib çiqişni maqsad qilayotganini aytdi.

«Biz Özbekiston xavfsiz va barqaror iqtisodiyot ekanini, zarur institutlar va mexanizmlarga ega ekanini amalda körsatişimiz kerak. Kelgusi yillarda investitsion darajaga çiqişga intilyapmiz», — dedi u.

Uning ta’kidlaşiça, yuqori iqtisodiy ösişni uzoq muddat davom ettiriş uçun faqat katta raqamlarning özi yetarli emas. Buning uçun makroiqtisodiy barqarorlik, ehtiyotkor fiskal siyosat, prognoz qilinadigan tartibga soliş muhiti va inflyatsion bosimni kamaytiriş zarur.

Prezident tomonidan 2030-yilga borib Özbekiston YaIMini $300 mlrd ga yetkaziş maqsadi belgilangan. Şuningdek, kelgusi ön yil içida aholi jon boşiga YaIMni $10 mingga yetkaziş vazifasi qöyilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon banki 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,9 foizga o‘sishini kutayotgani xabar qilingandi. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mintaqa, umuman olganda, Yevropa va Markaziy Osiyoning eng tez o‘sayotgan subregioni bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek