Boylar uçun yuqori soliq stavkasi joriy etilishi mumkin

Qozoğiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik boylikka ega fuqarolar uçun oşirilgan soliq stavkasini joriy etiş masalasini muhokama qilişni taklif etdi. Prezident hukumat va Qurultoyga uşbu masalani örganib, takliflar tayyorlaşni topşirdi.
Toqayev bu haqda 28-oktabr kuni Qozoğiston xalqiga murojaatida ma’lum qildi.
«Yirik boylik egalari uçun oşirilgan stavkani joriy etiş masalasini muhokama qiliş vaqti keldi, deb hisoblayman», — dedi prezident.
Uning ta’kidlaşiça, taklif qonuniy yöl bilan orttirilgan mol-mulkni çeklaşni nazarda tutmaydi.
«Heç kim qonuniy ravishda qölga kiritilgan aktivlarni qandaydir tarzda çeklaş niyatida emas. Gap har bir fuqaroning mamlakatimiz rivojiga mutanosib va halol hissa qöşiçi haqida bormoqda. Gap adolat haqida», — dedi Toqayev.
Hukumat taklif tayyorlaydi
Prezident hukumat va Qurultoyga oşirilgan soliq stavkasini joriy etiş masalasini batafsil örganib, tegişli takliflar kiritiş vazifasini berdi.
Hozirça yangi stavkaning miqdori, u qaysi darajadagi boylik yoki daromaddan boşlab qöllanişi va qaçon joriy etilişi belgilanmagan. Gap hozirça taklifni örganish bosqiçi haqida ketmoqda.
Soliq tizimida sun’iy intellektdan foydalanish taklif qilindi
Toqayev adolatli soliqqa tortiş tizimi uçun şaffoflik va to‘liq raqamlaştiriş zarurligini ham ta’kidladi.
«Soliqlarni yiğiş darajasini oşiriş, yașirin iqtisodiyotni qisqartiriş va korrupsiya xavflarini kamaytiriş uçun ilğor texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish kerak», — dedi prezident.
Şuningdek, u yangi Soliq kodeksining ayrim normalarini biznes bilan muhokama qilib, aniq tuzatişlar tayyorlaş zarurligini bildirdi. Prezidentning fikriça, soliq tizimi biznesning rivojlanişiga, investitsiyalar jalb qilişga va yangi iş örinlari yaratişga tösiq bölmasligi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq suv omborlaridagi turizm biznesiga soliq imtiyozlari berilişi haqida xabar qilingandi.