Eron bilan uruş AQŞga 47,1 mlrd dollarga tuşdi

AQŞning Eron bilan uruşdagi harbiy xarajatlari 2026-yil 16-oktabr holatiga köra 47,1 mlrd dollarga yetdi. Bu haqdagi hisob-kitob AQŞ Markaziy qömondonligi tomonidan Kongressga taqdim etilgan.
Xarajatlarning asosiy qismi qurol-yaroğga sarflandi
Hisob-kitoblarga köra, sarflangan öq-dorilar va raketalar zaxirasini töldiriş uçun qariyb 29 mlrd dollar kerak böladi. Şuningdek, yöqolgan yoki şikastlangan harbiy texnika, jumladan, samolyotlar va dronlarni almaştiriş xarajatlari 6,1 mlrd dollarni taşkil etgan.
Harbiy xizmatçilarni qöllab-quvvatlaş va boşqa operatsion xarajatlar uçun yana qariyb 11,9 mlrd dollar sarflangan.
Pentagonning iyul oyidagi hisob-kitobida uruş xarajatlari 37,5 mlrd dollar deb baholangan edi. Yangi körsatkiç bu summadan qariyb 9,6 mlrd dollarga köp.
Harbiy bazalarga yetkazilgan zarar hisobga olinmagan
47,1 mlrd dollarlik hisob-kitob Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy bazalariga yetkazilgan zararni ta’mirlaş yoki ularni qayta quriş xarajatlarini öz içiga olmaydi. Şu sababli uruşning umumiy qiymati bundan ham yuqori bölişi mumkin.
AQŞ Kongressi budjet boşqarmasi sentabr oyida e’lon qilgan bahosida 1-avgust holatiga köra, harbiy operatsiyalarning xarajatlarini qariyb 38 mlrd dollar deb hisoblagan. Idora uruş davom etişi bilan xarajatlar oşib borişini ham qayd etgan.
Avvalroq AQŞ hukumati Eron neftini taşişga aloqador 17 ta kema, şuningdek, ularga aloqador şaxslar va kompaniyalarga qarşi yangi sanksiyalar e’lon qilgandi.