General Motors aksiyalari Nasdaq’da savdo qilinadi

General Motors öz oddiy aksiyalarini Nyu-York fond birjasidan Nasdaq’ga köçirişini ma’lum qildi. Kompaniya 17-noyabrdan Nasdaq’da savdo qilinişi va amaldagi GM tickerini saqlab qolişi kutilmoqda.
Reuters ma’lumotiga köra, şu tariqa General Motors Nasdaq’da röyxatdan ötgan ilk an’anaviy yirik avtomobil işlab çiqaruvçiga aylanadi.
GM texnologik yönalişga urğu bermoqda
Kompaniya sönggi yillarda avtonom boşqaruv, dasturiy ta’minot va raqamli xizmatlarga köproq mablağ yönaltirmoqda.
GM ayrim modellarda haydovçidan doimiy nazoratni talab qilmaydigan avtonom boşqaruv texnologiyalarini joriy etişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, kompaniya kelajakdagi avtomobillar uçun yangi dasturiy platforma yaratmoqda.
Mazkur platforma avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari va boşqa raqamli funksiyalarni avtomobillarga integratsiya qilişga xizmat qiladi.
Nasdaq nega tanlandi
GM moliya direktori Pol Jeykobsonning aytişiça, kompaniyaning texnologiyalarga tayangan strategiyasi sabab Nasdaq tabiiy tanlov bölgan.
«GM’ning mijozlarga yönaltirilgan va texnologiyalarga asoslangan strategiyasi aksiyadorlarimiz uçun qiymat yaratmoqda. Şu sabab Nasdaq biz uçun tabiiy platformadir», – dedi u.
Sönggi vaqtlarda Walmart, Hilton va Palantir kabi kompaniyalar ham öz listinglarini Nasdaq’ga köçirgan. Bu jarayon texnologik kompaniyalarga yaqinroq pozitsiyalaniş istagi bilan izohlanmoqda.
An’anaviy avtomobil işlab çiqaruvçilarga bosim ortmoqda
Reuters qayd etişiça, an’anaviy avtomobil işlab çiqaruvçilar yuqori xarajatlar va Xitoy kompaniyalari bilan kuçayib borayotgan raqobat fonida arzonroq va dasturiy ta’minotga köproq tayangan avtomobillar işlab çiqişga harakat qilmoqda.
GM ham yangi daromad manbalarini topiş uçun raqamli xizmatlar va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlariga e’tibor qaratmoqda.
GM qiymati $64,4 mlrd atrofida
LSEG ma’lumotlariga köra, General Motors’ning bozor kapitallaşuvi qariyb $64,4 mlrdni taşkil etadi.
Kompaniya aksiyalari listingni köçiriş haqidagi xabar fonida bozor oçilişidan oldingi savdolarda qariyb 2 foizga oşgan. GM aksiyalarining Nasdaq’dagi savdosi 17-noyabrda boşlanişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» GM 2027-yilda bir neça segmentda gibrid avtomobillar çiqarişi haqida yozgan edi.