
Huawei Xitoyda örta narx segmentiga möljallangan Huawei Enjoy 100 va Enjoy 100 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda ITHome xabar berdi.
Har ikkala model HarmonyOS 7 operatsion tizimida işlaydi va 6100 mA·soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan. Enjoy 100’ning boşlanğiç narxi 1 399 yuan yoki qariyb $210, Enjoy 100 Pro esa 1 799 yuan yoki taxminan $270 dan boşlanadi.
Enjoy 100 Kirin 8000S çipini oldi
Huawei Enjoy 100 6,56 dyuymli IPS ekran bilan jihozlangan. Displey ölçamlari 1612 × 720 piksel, maksimal yorqinligi esa 1 150 nitgaça yetadi.
Ekran Always-On Display funksiyasini qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, kök yoruğlik ta’sirini kamaytirişga qaratilgan texnologiyalar ham mavjud.
Smartfon Kirin 8000S protsessorida işlaydi. Qurilmaning oğirligi 204 grammni taşkil etadi. Asosiy kamera 13 MP, old kamera esa 8 MP aniqlikka ega.
6100 mA/soat akkumulyator va 40 Vt quvvatlaş
Enjoy 100 6100 mA/soat siğimli akkumulyator bilan ta’minlangan. Qurilma 40 Vt quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.
Huawei smartfonga sun’iy intellektga asoslangan firibgarlikdan himoya funksiyalarini ham qöşgan. Tizim qönğiroqlar vaqtida soxta ovozlarni aniqlaşi va veb-sahifalardagi şubhali kontentni tanib olişi mumkin.
Enjoy 100 Pro 50 MP kameraga ega

Yuqoriroq Enjoy 100 Pro modeli 6,7 dyuymli displey va Kirin 8020A çipi bilan jihozlangan. Asosiy kamera 50 MP RYYB sensori asosida qurilgan. Old kamera esa 32 MP aniqlikka ega.
Smartfonning oğirligi 192 grammni taşkil qiladi. Akkumulyator hajmi va quvvatlaş tezligi bazaviy modeldagi kabi — 6100 mA/soat va 40 Vt.
Huawei ma’lumotiga köra, Kirin 8020A, HarmonyOS 7 va Ark Engine kombinatsiyasi ilovalarni tezroq işga tuşiriş hamda bir neçta dastur bilan bir vaqtda işlaganda tizim barqarorligini oşiradi.
Kunlun oynasi va 5G qöllab-quvvatlovi
Enjoy 100 Pro korpusi qöşimça himoya uçun Kunlun oynasi bilan jihozlangan.
Har ikkala model 5G tarmoqlarini qöllab-quvvatlaydi. Pro versiyada signal qabul qiliş sifati yaxşilangani, qönğiroqlar paytida fon şovqinini kamaytiriş funksiyasi va mos Huawei qurilmalarini topişga yordam beruvçi Star Searç tizimi ham mavjud.
Star Searç orqali quloqçin, planşet, kompyuter va aqlli soat kabi mos qurilmalarni aniqlaş mumkin.
Narxlar qança
Huawei Enjoy 100 128 GB xotirali versiyada $210, 256 GB variantda esa $255 atrofida baholangan.
Enjoy 100 Pro uçta konfiguratsiyada taklif etiladi: 128 GB versiya — $270, 256 GB — $330, 512 GB — $405. Huawei şu kuni Enjoy 100 Pro Max va Pura 90 Plus modellarini ham taqdim etdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Huawei Enjoy 100 Pro 32 MP selfi kamerasi bilan çiqişi haqida yozgan edi.