Javohir Sindarov: Gukeşga qarşi imkoniyatim — 50,1 foiz

28-oktabr 2026 08:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir Sindarov: Gukeşga qarşi imkoniyatim — 50,1 foiz
Foto: Uzchess

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi bölajak bahsda öz imkoniyatini 50,1 foizga baholadi. Şaxmatçi bu fikrini AQŞning Sent-Luis şahrida ötayotgan Clutç Çess: Çampions Şowdown turniri vaqtida jurnalist savoliga javoban bildirdi.

Jurnalist Sindarovdan ikki şaxmatçining ğalaba imkoniyatlarini jami 100 foiz qilib taqsimlaşni söragan. Özbekiston vakili öziga 50,1 foiz, Gukeşga esa 49,9 foiz bergan.

Sindarov Sent-Luisda kuçli raqiblarga qarşi öynamoqda

Clutç Çess: Çampions Şowdown turniri 27 – 29-oktabr kunlari Sent-Luisda bölib ötmoqda. Unda Sindarov bilan birga Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameşbabu Praggnanandhaa iştirok etmoqda.

Musobaqa tezkor şaxmat formatida taşkil etilgan. Har bir iştirokçi uç kun davomida jami 18 ta partiya öynaydi. Vaqt nazorati – 10 daqiqa va har bir yuriş uçun qöşimça 5 soniya.

Gukeş bilan jahon çempionligi uçun bahs noyabrda boşlanadi

FIDE ma’lumotiga köra, Gukeş va Sindarov örtasidagi jahon çempionati bahsi 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni hududida joylaşgan Martin Bodmer fondida bölib ötadi.

Oçiliş marosimi va Media Day 22-noyabrga belgilangan. Birinçi klassik partiya 24-noyabrda, 14-partiya esa 11-dekabrda ötkaziladi. Agar asosiy bahsda ğolib aniqlanmasa, 12-dekabr kuni tay-breklar öynaladi.

Matç jami 14 ta klassik partiyadan iborat böladi. FIDE qayd etişiça, Gukeş va Sindarov bahs boşlanganda 20 yoşda böladi va bu tarixdagi eng yoş jahon çempionligi matçiga aylanadi.

Sindarov Gukeşning birinçi titul himoyasidagi raqibi böladi

Gukeş uşbu bahsda amaldagi jahon çempioni sifatida öz unvonini ilk bor himoya qiladi. Sindarov esa 2026-yilgi «Nomzodlar turniri»dagi muvaffaqiyatidan söng jahon çempionligi uçun da’vogar böliş huquqini qölga kiritgan.

Şu sabab Sent-Luisdagi Clutç Çess turniri özbekistonlik grossmeyster uçun Jenevadagi asosiy bahs oldidan yuqori darajadagi raqiblarga qarşi navbatdagi sinov bölib xizmat qilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Sindarov $425 minglik turnirda qatnaşişi haqida yozgan edi.

Shuningdek