MacBook Neo 2 qaçon taqdim etiladi — tafsilotlar

28-oktabr 2026 10:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
MacBook Neo 2 qaçon taqdim etiladi — tafsilotlar
Foto; Notebookcheck

Apple arzonroq MacBook liniyasini yangilaşga tayyorlanmoqda. Bloomberg jurnalisti Mark Gurman ma’lumotiga köra, MacBook Neo 2 2027-yilning birinçi yarmida taqdim etilişi mumkin.

Birinçi avlod MacBook Neo 2026-yil mart oyida çiqarilgan edi. Şu sabab yangi modelning bahor yoki yoz boşida taqdim etilişi Apple’ning taxminan bir yillik yangilaniş sikliga mos keladi.

A19 Pro çipi va 12 GB tezkor xotira

Manbaga köra, MacBook Neo 2’dagi asosiy özgarişlardan biri protsessor bilan boğliq böladi. Noutbuk A19 Pro çipiga ötişi kutilmoqda. Bundan taşqari, bazaviy tezkor xotira hajmi 8 GB’dan 12 GB gaça oşirilişi mumkin.

Yangi rang variantlari ham paydo bölişi kutilmoqda. Hozirgi avlod Silver, Bluş, Citrus va Indigo ranglarida taklif qilinadi.

Şu bilan birga, MacBook Neo 2’da sensorli ekran paydo böliş ehtimoli past ekani aytilmoqda.

Foto: Gizmochina

Narxi oşişi mumkin

Birinçi MacBook Neo dastlab $599 narxda taqdim etilgan, keyinçalik esa uning boşlanğiç narxi $699 atrofida şakllangan.

Ikkinçi avlod modelining narxi yuqoriroq bölişi mumkin. Bunga operativ xotira va saqlaş komponentlari ta’minotidagi bosim ham ta’sir qilişi ehtimol.

Şunga qaramay, MacBook Neo 2 Apple’ning Mac qatoridagi eng arzon va narx-quvvat nisbati böyiça jozibador modellardan biri bölib qolişi kutilmoqda.

MacBook Air ham yangilanadi

MacBook Neo 2 bilan bir davrda Apple MacBook Air’ni ham yangilaşi mumkin. Yangi MacBook Air M6 çipini olişi kutilmoqda. Biroq Air liniyasining OLED ekraniga ötişi keyinroq amalga oşirilişi aytilmoqda.

Apple yuqori segmentni ham yangilamoqda

Kompaniya, şu bilan birga, MacBook Pro qatorida ham katta özgarişlarga tayyorlanmoqda.

Manbaga köra, sensorli OLED displeyga ega dastlabki MacBook Pro modellari 28-oktabrda namoyiş etilişi kutilmoqda. Ular hozirgi MacBook Pro dizaynidan farq qiluvçi ayrim taşqi özgarişlarni ham olişi mumkin.

MacBook Neo 2’ning aniq taqdimot sanasi va yakuniy texnik xususiyatlari hozirça tasdiqlanmagan. Ta’minot zanjiridagi muammolar sabab reliz muddati yoki ayrim konfiguratsiyalar özgarişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Apple iPhone Duo ekranidagi muammoni tan olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek