Nurota toğlarida qadimiy qoyatoş rasmlari topildi

eʼlon qilindi
Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida qoyatoş rasmlar bilan birga bronza davriga mansub manzilgoh ham aniqlandi
Foto: madaniymeros.uz

Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida mezolit va neolit davrlariga oid bölişi mumkin bölgan qoyatoş rasmlari hamda bronza davriga mansub manzilgoh aniqlandi.

Qoyatoş rasmlari oxra bilan çizilgan

Foto: madaniymeros.uz

Madaniy meros agentligi ma’lumotiga köra, topilmalar Nurota toğ tizmasining Qo‘şrabot tumanidagi toğ va toğoldi hududlarida olib borilayotgan arxeologik qidiruvlar vaqtida aniqlangan.

Egrijarsoy, Xöjasoy, Galajinsoy va Sumbulsoy hududlaridagi toş ayvonlarning devor va şiftlarida tabiiy oxra böyoği bilan çizilgan qoyatoş rasmlari topilgan. Dastlabki taxminlarga köra, ular mezolit va neolit davrlariga oid bölişi mumkin.

Bronza davriga oid manzilgoh ham topildi

Foto: madaniymeros.uz

Pangat mahallasi hududida esa 3 nuqtadan bronza davriga oid sopol parçalari aniqlangan. Qumoloqli qişloğidan 700 – 800 metr Şarqda ötkazilgan qazuv işlarida qalinligi 60 santimetr bölgan madaniy qatlamga ega bronza davri manzilgohi topilgan. Qazuv davomida köplab sopol bölaklari va suyak qoldiqlari aniqlangan.

Arxeologlar topilmalarni yanada çuqurroq örganiş uçun hududda keng kölamli qazuv işlarini davom ettiriş zarurligini qayd etmoqda. Tadqiqotlar Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryo viloyatidagi Jarqöton yodgorligida arxeologlar qadimiy turarjoy qoldiqlari, otaşgoh, 4 ta butun sopol idiş va yoş bola qabrini aniqlaganini yozgan edi.

Shuningdek