Özbekiston va Tailand vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaşga kelişdi

Özbekiston va Tailand ikki mamlakat örtasida vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaşga kelişdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.
Bitim matni Tailand tomoni tomonidan körib çiqilmoqda
Vazirlik ma’lumotiga köra, kelişuvga Özbekiston va Tailand taşqi işlar vazirliklari örtasidagi töğridan töğri muzokaralar davomida erişilgan. Hozirda vizasiz safarlar töğrisidagi bitim matni Tailand tomoni tomonidan körib çiqilmoqda.
Özbekiston TIV may oyidan boşlab Özbekiston fuqarolarining Tailandga safar qilişi uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlar olib borilayotganini qayd etdi.
Elektron viza bilan boğliq muammolar ham körib çiqilmoqda
Vazirlik Özbekiston fuqarolari Tailand elektron vizalarini rasmiylaştirişda duç kelayotgan muammolarni hal etiş uçun ham izçil diplomatik işlar olib borilayotganini bildirdi.
Bu yönalişda Özbekistonning Tailanddagi Boş konsulxonasi Tailand Taşqi işlar vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi bilan muntazam uçraşuvlar ötkazmoqda.
Şuningdek, Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Tailandning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi bilan hamkorlik qilyapti.
Hozirça bitimning qançon imzolanişi va vizasiz safarlar tartibi qaysi sanadan boşlab amal qilişi haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Kursiv Uzbekistan’ga Tailand tomoni bilan özbekistonliklar uçun viza tartibini yengillaştiriş böyiça muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.