Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasiga 2,7 mlrd dollar ajratiladi

eʼlon qilindi
Umumiy qiymati 2,7 mlrd dollar bölgan 35 ta investitsiya loyihasining amalga oşirilişi bilan tanişdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş sohasidagi umumiy qiymati 2,7 mlrd dollar bölgan 35 ta investitsiya loyihasining amalga oşirilişi bilan tanişdi. Loyihalar yangi şifoxonalar quriş, ixtisoslaşgan tibbiyot markazlarini taşkil etiş va mavjud muassasalarni modernizatsiya qilişni qamrab oladi.

Yangi tibbiyot markazlari va şifoxonalar quriladi

Taqdimotda Milliy onkologiya markazi, Respublika nevrologiya va insult markazi, Toşkent viloyatida kattalar uçun köp tarmoqli tibbiyot markazi hamda Qaşqadaryoda yangi şifoxonalar quriş rejalari körib çiqildi.

Şuningdek, Nukusda onalar va bolalar markazini barpo etiş, Termizda tibbiy ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, Samarqandda davlat-xususiy şeriklik asosida 800 örinli şifoxona quriş va Buxoroda köp tarmoqli tibbiyot muassasasini taşkil etiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, umumiy qiymati 1 mlrd dollar bölgan töqqizta istiqbolli loyiha böyiça takliflar tayyorlangan. Ular bolalar onkologiyasi va gematologiyasi, ruhiy salomatlik, narkologiya, şoşilinç tibbiy yordam hamda tibbiy kadrlar tayyorlaş yönalişlarini qamrab oladi.

Tibbiyotga investitsiya jalb qiliş strategiyasi işlab çiqiladi

Tibbiyot infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça 2040-yilgaça möljallangan investitsiya strategiyasini işlab çiqiş taklif etildi. Buning uçun avval mavjud loyihalar xatlovdan ötkazilib, ularning dolzarbligi va amalga oşiriş imkoniyatlari baholanadi. Keyin hududlar ehtiyojiga mos loyihalar tanlanadi.

Strategiya xususiy investorlar, xalqaro moliya institutlari va donorlar bilan işlaşning ustuvor yönalişlarini belgilaşi kutilmoqda.

Tibbiyot xizmatlarida autsorsing kengaytiriladi

Kelgusi yildan tibbiyot muassasalari ayrim tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy taşkilotlardan xarid qilişi mumkin

Avvalroq  Şavkat Mirziyoyev Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlik qilayotgan mutaxassis Nilufar Qahhorovaga Soğliqni saqlaş vaziri maslahatçisi lavozimini taklif qilgandi.

Shuningdek