Özbekistonda xodimlarning soliq qarzi 712,6 mlrd sömga yetdi

eʼlon qilindi
Eng katta qarzdorlik qaysi taşkilotlarda
Özbekistonda xodimlarning soliq qarzi 712,6 mlrd sömga yetdi
Manba: Facebook

Özbekistonda korxona va taşkilotlarda işlovçi xodimlarning mol-mulk va yer soliği böyiça jami qarzdorligi 712,6 mlrd sömni taşkil etdi. Bu haqda Soliq qömitasi ma’lum qildi.

2026-yil 19-oktabr holatiga köra, 161 611 ta taşkilotda işlovçi 708 752 nafar xodimning 842 704 ta soliq obyekti böyiça tölanmagan qarzdorligi mavjud.

Jami qarzdorlikning 387,8 mlrd sömi yer soliği, 324,8 mlrd sömi esa mol-mulk soliği hissasiga töğri keladi.

Asosiy qarzdorlik tijorat taşkilotlari xodimlariga töğri keladi

Soliq qömitasi ma’lumotiga köra, jami qarzdorlikning 550 mlrd sömi tijorat taşkilotlarida işlovçi xodimlar hissasiga töğri kelgan.

Budjet taşkilotlari xodimlarining qarzdorligi 134,5 mlrd sömni, nodavlat notijorat taşkilotlari xodimlariniki esa 28,1 mlrd sömni taşkil etgan.

Tijorat taşkilotlari orasida qişloq, örmon va baliq xöjaligi sohasida işlovçilarning soliq qarzi 121,1 mlrd söm bilan eng yuqori körsatkiçni qayd etgan. Sanoat korxonalari xodimlarida 117 mlrd söm, savdo sohasida esa 99,5 mlrd sömlik qarzdorlik mavjud.

Manba: Soliq qömitasi

Quriliş sohasidagi xodimlarning qarzi 67,1 mlrd söm, taşiş va saqlaş yönalişida 28,5 mlrd söm, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlarida esa 26,2 mlrd sömga yetgan.

Eng katta qarzdorlik qaysi taşkilotlarda

Xodimlarining jami soliq qarzdorligi böyiça «Temiryölinfratuzilma» AJ birinçi örinda qayd etilgan. Korxonaning 7 628 nafar xodimi hisobiga 3,6 mlrd söm qarzdorlik töğri kelmoqda.

Keyingi örinda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ turibdi. Kompaniyaning 4 538 nafar xodimida jami 3 mlrd sömlik soliq qarzdorligi mavjud.

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda esa 6 416 nafar xodimning qarzdorligi jami 2,9 mlrd sömni taşkil etgan.

Soliqni mobil ilova orqali tölaş mumkin

Soliq qömitasi mol-mulk va yer soliqlarini «Soliq» mobil ilovasi orqali qulay va oson tölaş imkoniyati yaratilganini eslatdi.

Ma’lumotlarga köra, ayni paytda qarzdorlik 842,7 mingdan ortiq soliq obyektiga tegişli bölib, bu ayrim xodimlarda bir neçta mol-mulk yoki yer obyekti böyiça qarzdorlik mavjudligini anglatadi.

Avvalroq «Kursiv» soliq huquqbuzarliklari böyiça 86 mingdan ortiq murojaatlar kelib tuşgani haqida yozgandi.

Shuningdek