Qirğiz Respublikasida viloyat va tumanlar tugatilishi mumkin

eʼlon qilindi
Mamlakatda amaldagi 40 ta tuman örniga 20 dan ortiq yirik aymak taşkil etiş rejalashtirilmoqda
Foto: depositphotos.com

Qirğiz Respublikasida ma’muriy-hududiy islohotning ikkinçi bosqiçida viloyat va tumanlarni tugatib, ularning örniga yangi ma’muriy birliklar – aymaklar taşkil etiş rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirğiz Respublikasining «Kabar» milliy axborot agentligi efirida Davlat xizmati va mahalliy özini özi boşqariş işlari böyiça agentlik direktori Elçibek Jantayev ma’lum qildi.

Viloyat va tumanlar örniga aymaklar tuziladi

Elçibek Jantayevning sözlariga köra, yangi aymaklar hajmi jihatidan hozirgi tumanlardan katta, viloyatlardan esa kiçik böladi.

«Endi 40 ta tuman emas, 20 dan ortiq aymak böladi», – dedi Jantayev.

Yangi hududlarni taşkil etişda ularning iqtisodiy salohiyati va öziga xos jihatlari hisobga olinadi. Masalan, Issiqköl viloyatini şimoliy va janubiy qismlarga böliş imkoniyati körib çiqilmoqda. Jalolobod va Öş viloyatlarida esa kiçik tumanlarni rivojlaniş salohiyati yuqori bölgan yirik hududlarga qöşiş mumkin.

Avval bitta hududda sinab köriladi

Qirğiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 2026-yil aprelida islohot dastlab bitta hududda tajriba tariqasida sinab körilişini aytgan edi. Unga köra, yangi boşqaruv tizimi 2-3 yil davomida sinovdan ötkaziladi. Bu davrda hududning mustaqil boşqarila olişi va respublika budjeti dotatsiyalariga qaramlikni kamaytira olişi baholanadi. Agar tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi tizim butun mamlakatga yoyilişi, amaldagi viloyat va tumanlar esa tugatilishi mumkin.

Qirğiz Respublikasida ma’muriy-hududiy islohotning birinçi bosqiçi 2023-yilda boşlangan. Öşanda qator qişloq hududlari yiriklaştirilgan va ayrim ma’muriy chegaralar özgartirilgan. Islohotning rasmiy maqsadi mahalliy boşqaruv samaradorligini oşiriş va hududlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan yaxşiroq foydalanişdan iborat.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sadir Japarov Jalolobod viloyati aholisi bilan uçraşuvda kuniga atigi tört soat uxlaşi, qolgan 20 soatini esa işga sarflaşini aytgani haqida yozgan edi.

Shuningdek