Toşkent–vodiy yönalişida harakat ikki kunga çeklanadi

eʼlon qilindi
28-oktabr soat 08:00 dan 30-oktabr soat 08:00 gaça
Foto: macos.livejournal.com

Toşkent şahrining Bektemir tumanidan ötuvçi A373 «Toşkent–Öş» avtomobil yölining Çirçiq daryosi ustidagi köprigida ta’mirlaş işlari olib boriladi. Şu sababli 28-oktabr soat 08:00 dan 30-oktabr soat 08:00 gaça Toşkentdan vodiy tomon harakat vaqtinça yopiladi.

Haydovçilar uçun aylanma yönalişlar

Toşkentdan Ohangaron şossesiga çiqmoqçi bölgan haydovçilar D001 «Toşkent halqa avtomobil yöli»ning 47-kilometridagi Rohat aylanma yölidan Qöyliq yönalişiga yönaltiriladi.

Yuqoriçirçiq tumanidan Toşkentga kirayotgan haydovçilar esa D012 «Bektemir — Çirçiq — Ğazalkent — Çorboğ» avtomobil yölining 6-kilometridan Yik-ota va Farğona yöli yönalişiga yönaltiriladi.

Haydovçilardan vaqtinçalik çeklovlarni inobatga oliş va safarlarini muqobil yönalişlar böyiça rejalaştiriş söraladi.

Avvalroq Çilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy köçasining 700 metr qismida quriliş-montaj işlari olib borilişi sabab 69 va 77-sonli avtobus yönalişlari harakati vaqtinça özgartirilişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek