Toşkentda noqonuniy kriptoaylanma aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan
Toşkentda 64,7 ming USDTlik noqonuniy kriptoaylanma aniqlandi
Foto: DXX

Toşkentda kriptoaktivlar bilan litsenziyasiz operatsiyalarni amalga oşirgan şaxsning faoliyati foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

DXX xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor-qidiruv tadbirida poytaxtdagi davlat oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan şuğullangani aniqlangan.

64,7 ming USDTlik operatsiyalar amalga oşirilgan

Ma’lumotlarga köra, Toşkent tumanida yaşovçi 2008-yilda tuğilgan fuqaro 2025-yil dekabridan 2026-yil oktabriga qadar Bitget kriptobirjasi orqali litsenziyasiz faoliyat olib borgan.

Uşbu davr mobaynida u tranzaksiyalar orqali jami 64 715 USDT miqdoridagi kriptoaktivlarni sotib olgan va sotgan.

Tezkor tadbir davomida uning kriptohamyonida yana 450 USDT mavjudligi aniqlangan.

Virtual telefon raqamlarini ham sotgan

DXX ma’lumotlariga köra, uşbu şaxs kriptoaktivlar bilan boğliq operatsiyalardan taşqari Telegram messenjeri orqali xorijiy davlatlarga tegişli 140 ta virtual telefon raqamini sotiş bilan ham şuğullangan.

Mazkur raqamlarning qanday maqsadlarda foydalanilgani haqida rasmiy xabarda qöşimça ma’lumot berilmagan.

Jinoyat işi qözğatildi

Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. DXX jinoyat işi qaysi modda böyiça qözğatilganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Samarqandda 20 kgdan ortiq opiy kontrabandasi foş etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek