«Xorazm suv ta’minoti» AJ inspektori pora bilan uşlandi

«Xorazm suv ta’minoti» AJning yuridik inspektori 6 mln sömni firibgarlik yöli bilan olayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Tezkor tadbir Departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan.
6 mln söm evaziga hujjatlarni rasmiylaştirişni va’da qilgan
Tergov ma’lumotlariga köra, avval sudlangan yuridik inspektor fuqarolardan birining işonçiga kirgan.
U yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali savdo şoxobçasini içimlik suvi ta’minotiga ulaş va buning uçun zarur texnik şart hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Buning evaziga u 6 mln söm talab etgan va uşbu pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Jinoyat işi qözğatildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Toşkentda noqonuniy kriptoaylanma aniqlangani haqida yozgan edi.