9 oyda EHF böyiça tovar aylanmasi 2 255,5 trln sömga yetdi

eʼlon qilindi
Yirik soliq tölovçilar hissasi eng katta
9 oyda EHF böyiça tovar aylanmasi 2 255,5 trln sömga yetdi
Foto: Oçiq manba

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) orqali rasmiylaştirilgan tovar aylanmasi 2 255,5 trln sömni taşkil etdi. Bu körsatkiç qöşilgan qiymat soliği bilan birga hisoblangan.

Yirik soliq tölovçilar hissasi eng katta

Hududlar va toifalar kesimida eng katta tovar aylanmasi yirik soliq tölovçilar hissasiga töğri kelgan. Ular böyiça körsatkiç 1 024,1 trln sömni taşkil etdi.

Keyingi örinda Toşkent şahri turibdi — poytaxtda EHF orqali rasmiylaştirilgan tovar aylanmasi 617,1 trln sömga yetgan.

Toşkent viloyatida esa bu körsatkiç 130,4 trln sömni taşkil qilgan.

Manba: Soliq qömitasi

Farğona va Samarqand ham yuqori körsatkiç qayd etdi

Hududlar orasida Farğona viloyatida 68,4 trln sömlik, Samarqand viloyatida esa 65,4 trln sömlik tovar aylanmasi qayd etilgan.

Andijon viloyatida körsatkiç 48,4 trln sömni, Buxoro viloyatida 43,3 trln sömni, Qaşqadaryoda esa 42,7 trln sömni taşkil qilgan.

Namangan viloyatida 42,2 trln söm, Surxondaryoda 33,5 trln söm va Xorazmda 32,9 trln sömlik tovar aylanmasi EHF orqali rasmiylaştirilgan.

Eng past körsatkiç Qoraqalpoğistonda

Navoiy viloyatida EHF böyiça tovar aylanmasi 28,7 trln sömni, Jizzax viloyatida 28,2 trln sömni, Sirdaryoda esa 26,7 trln sömni taşkil etgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasida esa körsatkiç 23,5 trln söm bölib, hududlar orasida eng past natija qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Özbekistonda 440 mingta oila Ijtimoiy reyestrdan çiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek