Andijon va Farğonada noqonuniy Umra xizmatlari aniqlandi

eʼlon qilindi
Tergov harakatlari olib borilmoqda
Andijon va Farğonada noqonuniy Umra xizmatlari aniqlandi
Foto; DXX

Andijon va Farğona viloyatlarida fuqarolarni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan şaxslar bilan boğliq holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

Har ikki holatda ham gumonlanuvçilar pul olayotgan vaqtda tezkor tadbir davomida uşlangan.

Andijonda $4 400 talab qilingan

DXX ma’lumotiga köra, Andijon şahridagi sayyohlik firmasining iş yurituvçisi firma «Umra» tadbirlarini taşkil etiş böyiça tegişli litsenziyaga ega bölmasa-da, Baliqçi tumanida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirgan.

U fuqaroning tört nafar qarindoşini Saudiya Arabistoniga «Umra» ziyoratiga yuboriş evaziga $4 400 talab qilgan.

DXX va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda firma vakili söralgan pulni olayotgan vaqtida uşlangan.

Farğonada $1 000 olayotganda uşlandi

Şunga öxşaş holat Farğona viloyatida ham qayd etilgan. Toşloq tumanida yaşovçi şaxs Farğona şahridagi ikki fuqaroni Namangan viloyatida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi orqali «Umra» ziyoratiga yuborişni va’da qilgan.

Buning evaziga u $2 100 talab qilgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi oldindan $1 000 olayotgan vaqtda uşlangan.

«Umra» uçun maxsus litsenziya talab etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qaroriga muvofiq, Özbekistonda «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati maxsus litsenziya asosida amalga oşiriladi.

Mazkur tartib ziyoratçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning xavfsizligini ta’minlaş hamda xizmatlar sifatini nazorat qilişga qaratilgan.

DXX ma’lumotiga köra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Samarqand va Namanganda noqonuniy Umra xizmatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek