
Apple tarixida ilk bor sensorli ekranga ega MacBook Pro modellarini taqdim etdi. Yangi noutbuklar OLED asosidagi PROLED XDR displeylari, Dynamic Island, M5 Pro va M5 Max protsessorlari hamda sensorli boşqaruvga moslaştirilgan macOS 27 Golden Gate operatsion tizimi bilan jihozlangan.
Yangi MacBook Prölar 14,2 va 16,3 dyuymli versiyalarda taklif etiladi. AQŞda narxlar $2 900 dan boşlanadi.
OLED ekran va Dynamic Island
14,2 dyuymli model ekrani 3024 × 1986 piksel, 16,3 dyuymli versiyaniki esa 3472 × 2266 piksel aniqlikka ega.
ProMotion texnologiyasi yangilaniş çastotasini 10 dan 120 Gts gaça avtomatik özgartiradi. Kontrast darajasi 10 000 000:1 gaça, HDR rejimidagi maksimal yorqinlik esa 2 000 nitgaça yetadi.
Displeylar DCI-P3 va Adobe RGB rang makonlarini qamrab oladi. Antiblik va oleofob qoplamalar standart tarzda taqdim etiladi, nanoteksturali ekran esa qöşimça haq evaziga mavjud.
Dynamic Island orqali Live Activities bildirişnomalari, musiqa boşqaruvi va Siri AI funksiyalaridan foydalaniş mumkin.
MacBook Pro endi barmoq bilan boşqariladi
Sensorli ekran sahifalarni aylantiriş, suratlarni kattalaştiriş, rasm çiziş va virtual musiqa asboblari bilan işlaş imkonini beradi.
Apple ayrim mavjud ilovalardagi sensorli harakatlarni siçqonça buyruqlariga moslaştirgan. Word, Lightroom, Blender va boşqa dasturlarning töliq sensorli boşqaruvga moslaştirilgan versiyalari yil oxirigaça çiqişi kutilmoqda.
Kompaniya sensorli boşqaruv paytida ekran tebranişini kamaytiriş uçun displey şarniri va kamera stabilizatsiyasini ham qayta işlagan.
M5 Pro va M5 Max protsessorlari
Yangi MacBook Pro M5 Pro yoki M5 Max çiplarida işlaydi. Bazaviy 14 dyuymli versiya 15 yadroli CPU va 16 yadroli GPU bilan jihozlangan. Kuçliroq M5 Pro konfiguratsiyasida 18 yadroli CPU va 20 yadroli GPU mavjud.
M5 Max esa 18 yadroli CPU hamda 32 yoki 40 yadroli grafik protsessor bilan taklif etiladi. Konfiguratsiyaga qarab noutbuklarda 128 GB gaça birlaştirilgan xotira va 16 TB gaça SSD örnatiş mumkin.
Törttagaça 6K monitor ulaş mumkin
Noutbuklarda uçta Thunderbolt 5 porti mavjud bölib, ma’lumot uzatiş tezligi 120 Gbit/s gaça yetadi. Şuningdek, HDMI, SDXC karta sloti, MagSafe 3 va quloqçin uçun ulagiç saqlanib qolgan.
M5 Pro versiyalari uçta 6K monitorni, M5 Max modifikatsiyalari esa törttagaça 6K taşqi displeyni ulaş imkonini beradi. N1 çipi Wi-Fi 7 va Bluetooth 6 texnologiyalarini qöllab-quvvatlaydi.
24 soatgaça işlaydi
14 dyuymli MacBook Pro M5 Pro bilan video strimingda 22 soatgaça, M5 Max bilan esa 20 soatgaça işlaşi mumkin.
16 dyuymli versiyada bu körsatkiç mos ravişda 24 va 22 soatni taşkil etadi.
Mos quvvat adapteri işlatilganda akkumulyatorni taxminan 30 daqiqada 50 foizgaça quvvatlaş mumkin.
Narxlar $2 900 dan boşlanadi
AQŞda 14 dyuymli MacBook Pro M5 Pro bilan $2 900, 16 dyuymli versiya esa $3 400 dan sotiladi.
M5 Max konfiguratsiyalarining boşlanğiç narxi 14 dyuymli model uçun $4 500, 16 dyuymli versiya uçun esa $4 800 ni taşkil qiladi.
Oldindan buyurtmalar 30 ta davlat va hududda oçilgan. Çakana savdo 6-noyabrda boşlanadi.
Yangi MacBook Pro qora va kumuş ranglarda taklif etiladi. Apple hozirça Liquid Retina XDR displeyli odatiy MacBook Pro modellarini ham sotuvda qoldirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» MacBook Neo 2 qaçon taqdim etilishi haqida yozgan edi.