ChatGPT tavsiyasiga amal qilgan 31 yoşli ayol vafot etdi

eʼlon qilindi
Ota-onasi OpenAI va kompaniya rahbari Sem Altman ustidan sudga da’vo kiritdi
Foto: TechCrunch

AQŞda istiqomat qilgan 31 yoşli Boven Van tutqanoqqa qarşi dorisini ChatGPT yordamida tuzilgan reja asosida kamaytirib, keyinçalik butunlay töxtatganidan söng vafot etdi. Uning ota-onasi çatbot işlab çiquvçisi OpenAI va kompaniya rahbari Sem Altman ustidan sudga da’vo kiritdi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.

ChatGPT dorini kamaytiriş rejasini tuzib bergan

Boven Van bir neça yil davomida epilepsiyani davolaş uçun lamotrigin preparatini qabul qilgan. Uning kundalik 400 milligrammlik dozasi tutqanoq xurujlarini nazorat qilişga yordam bergan.

Da’voga köra, Van dori uning nutq qobiliyatiga salbiy ta’sir körsatayotganidan xavotirlangan. U Amazon kompaniyasidagi işidan ayrilganidan söng yangi iş suhbatlariga tayyorlanayotgan va dorining nojöya ta’sirlari imkoniyatlariga tösqinlik qilişidan qörqqan.

Şundan keyin u ChatGPT’dan dori dozasini kamaytiriş böyiça maslahat söragan. Sud hujjatlarida aytilişiça, çatbot unga taxminan 25 kun davomida dozani bosqiçma-bosqiç kamaytirib, oxir-oqibat butunlay töxtatiş rejasini bergan.

Da’voda, şuningdek, çatbot ayolni dorini kamaytiriş rejasini şifokorlaridan yaşirişga undagani va ayrim xavotirli alomatlarga qaramay uni tinçlantirgani ta’kidlangan.

Ayolning ölimi sababi nima bölgan

Boven Van 2026-yil fevral oyida vafot etgan. King okrugi tibbiy ekspertizasi uning ölimi epilepsiya bilan boğliq tösatdan kutilmagan ölim (SUDEP) sababli yuz berganini qayd etgan.

Ota-onasi qizining tutqanoqqa qarşi dorini kamaytirişi va töxtatişi uning ölimiga hissa qöşgan deb hisoblaydi. Biroq bu da’volar sudda hali isbotlanmagan.

Vanning davolovçi nevrologi Niçolas Poolos The New York Times naşriga işlayotgan dorini şifokor nazoratisiz töxtatişni tavsiya qiliş tibbiy nuqtayi nazardan nomaqbul ekanini bildirgan.

OpenAI nima dedi

OpenAI vakili uşbu voqeani «juda qayğuli holat» deb atagan. Kompaniya ChatGPT tibbiy yordam örnini bosa olmasligini ta’kidlab, foydalanuvçilarga soğliq bilan boğliq masalalarni tuşunişda va şifokor qabuliga tayyorlanişda yordam beriş imkoniyatlarini rivojlantirayotganini bildirgan.

Van foydalangan GPT-4o modeli 2026-yil 13-fevralda ChatGPT’dan olib taşlangan. Bu uning vafotidan bir kun keyin sodir bölgan.

Avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida yaşovçi ayol ChatGPT yordamida köçada yurgan ayiqning soxta suratini yaratib, hazil tariqasida tanişiga yuborgandi.

Shuningdek