Import örniga özimizniki: 933 turdagi mahsulot Özbekistonda işlab çiqarilişi mumkin

eʼlon qilindi
2026-yil boşidan buyon Özbekistonda 117 trln sömlik mahalliy mahsulot işlab çiqarilib, 10,4 mingta yangi iş örni yaratildi
Foto: icppa.uz

Özbekistonda qiymati $1,72 mlrd bölgan 933 turdagi mahsulotni mahalliy işlab çiqarish imkoniyati aniqlandi. Bu haqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining 9 oylik faoliyati yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

933 turdagi yangi mahsulotni işlab çiqarish imkoni bor

Foto: icppa.uz

Agentlik ma’lumotiga köra, yil boşidan buyon mahalliy korxonalarda 117 trln sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 88 turdagi yangi mahsulot özlaştirildi. Natijada 10,4 mingta yangi iş örni yaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori örinbosari Ilhomjon Pardayev ayrim mahsulotlarni mahalliylaştirish böyiça amaliy işlar boşlanganini aytdi.

«Ayni kunlarda 10 ga yaqin mahsulotni mahalliylaştirish rejalashtirilmoqda. Bu son keyinçalik 100 taga ham yaqinlaşişi mumkin. Biz aniq bozor, ehtiyoj, eksport salohiyati va Özbekistonda işlab çiqarish mumkin bölgan mahsulotlarni körsatyapmiz», — dedi Pardayev.

Bundan taşqari, yillik bozori $1,6 mlrdga teng yana 50 turdagi mahsulotni Özbekistonda işlab çiqarish imkoniyati körib çiqilmoqda.

Sirdaryoda legirlangan pölat işlab çiqariladi

Pardayev hozir işlanayotgan loyihalardan birini misol qilib keltirdi. Uning sözlariga köra, Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Xitoy hamkorlari bilan legirlangan pölat işlab çiqarish rejalashtirilmoqda.

«Bugungi kunda legirlangan pölat Özbekistonda işlab çiqarilmaydi. Xovos tumanida Xitoy bilan yangi loyiha ustida işlayapmiz. Ayrim metall mahsulotlari uçun zarur xomaşyoni Rossiya va boşqa MDH davlatlaridan olib kelişga töğri kelişi mumkin», — dedi Pardayev.

Agentlik vakili bir neçta korxona xomaşyoni katta hajmda birgalikda xarid qilsa, narxni paşaytirish mumkinligini ham ta’kidladi.

«Bitta korxona xomaşyoni $100 dan olsa, 10 ta korxona katta hajmda birga xarid qilsa, narx $70–80 ga tuşişi mumkin», — dedi Pardayev.

Şuningdek, oqing: «Navoiyuran» işlab çiqariş hajmini 6 foizga oşirdi

Yirik korxonalar kiçik işlab çiqaruvçilarga yordam beradi

Jahongir Yunusov. Foto: icppa.uz

Yangi tizimda yirik sanoat korxonalariga kerak bölgan detal va mahsulotlarni mahalliy korxonalarda işlab çiqarishga e’tibor qaratiladi. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori örinbosari Jahongir Yunusovning aytişiça, bunday korxonalar oçiq tanlov orqali saralanadi.

«Masalan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga muayyan mahsulot kerak bölsa, uni işlab çiqarishi mumkin bölgan mahalliy korxonalar tanlov asosida saralanadi. Yirik korxona ularning imkoniyatini baholaydi: uskuna, kadr, texnologiya yoki mablağ yetişmayaptimi — şunga qarab qanday yordam kerakligi aniqlanadi. Zarur bölsa, mahsulotning dastlabki namunasini işlab çiqarish uçun ham moliyaviy kömak berilishi mumkin», — dedi Yunusov.

Yunusovning aytişiça, maqsad kerakli mahsulotlarni mamlakatning özida işlab çiqarishni yölga qöyish va importni kamaytirishdan iborat. Pardayev esa bunday hamkorlik orqali rivojlangan korxonalar allaqaçon borligini ta’kidladi.

«Buyurtma olib, işlab çiqarishni yölga qöygan tadbirkorlarimiz bor. Ayrimlarining aylanmasi bugun 1 trln sömdan oşgan», — dedi u.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistonda talab bor, ammo hali mahalliy işlab çiqarilmayotgan mahsulotlar va ularni işlab çiqarishga nima tösiq bölayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek