Mirziyoyev Anqaradagi özbekistonliklar bilan uçraşdi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari ularning hayoti, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga amaliy taşrifi doirasida Anqarada yaşayotgan vatandoşlar bilan suhbatlaşdi. Davlat rahbari ularning hayoti, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident yoşlarga ilm olişni tavsiya qildi

Mirziyoyev vatandoşlar bilan suhbatda ularni vaqtni behuda ötkazmaslikka, ilm olişga va yangi bilimlarni egallaşga intilişga çaqirdi.

«Qayerda bölmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda ötkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olişga, örganişga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk Özbekistonimiz kelajagiga qöşadigan hissangiz böladi», — dedi prezident.

Muloqot davomida yoşlarga körsatilayotgan e’tibor mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti bilan boğliqligi ta’kidlandi. Davlat rahbari ajdodlarning ilmiy merosi va milliy qadriyatlar tiklanayotganini qayd etib, vatandoşlar Yangi Özbekiston rivojiga hissa qöşişiga işonç bildirdi.

Vatandoşlarning Özbekistonga qaytişi uçun şaroitlar yaratilmoqda

Prezident xorijda yaşayotgan yurtdoşlarini doimo eslab yurişini aytib, Özbekistonda ularning ta’lim olişi, uy-joyli bölişi va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşişi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş ustida iş olib borilayotganini bildirdi.

«Sizlarning yaxşi yaşaşingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qöşa olişingiz uçun Özbekistonda barça şaroitlarni yaratişga harakat qilyapmiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari suhbat yakunida vatandoşlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev 29–30-oktabr kunlari amaliy taşrif bilan Turkiyada bölişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek