Qarşida operatsiyadan keyin 21 yoşli qiz vafot etdi

eʼlon qilindi
Gipofiz adenomasi taşxisi bilan Qaşqadaryo viloyat köp tarmoqli şifoxonasining neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan
Foto:
Dagpravda.ru

Qaşqadaryo viloyatida gipofiz bezidagi katta ösmani olib taşlaş böyiça operatsiya ötkazilgan 21 yoşli bemor 26-oktabr kuni vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura organlari tergovga qadar tekşiruv olib bormoqda. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi ma’lum qildi.

Bemorning ahvoli qanday özgargan

2005-yilda tuğilgan fuqaro 14-oktabr kuni «gipofiz adenomasi» taşxisi bilan Qaşqadaryo viloyat köp tarmoqli şifoxonasining neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan.

Boşqarma ma’lumotiga köra, bemorni bir neça yildan buyon nafas oliş qiyinlaşişi, böy ösişining ortda qolişi, qöl va oyoq barmoqlarining yöğonlaşişi kabi alomatlar bezovta qilgan.

Tekşiruvlarda gipofiz bezida katta ösma aniqlangan, gormonal tahlillar esa ösiş gormoni miqdori me’yordan sezilarli darajada yuqori ekanini körsatgan.

16-oktabr kuni poytaxtdan kelgan mutaxassis iştirokida burun orqali endoskopik usulda ösmani olib taşlaş operatsiyasi bajarilgan.

Operatsiyadan keyin nima yuz berdi

Rasmiy ma’lumotda aytilişiça, operatsiyadan keyin bemor şifokorlar nazoratida bölgan. 19-oktabr kuni ötkazilgan tekşiruvda heç qanday asorat aniqlanmagan.

Biroq 20-oktabr kuni uning ahvoli keskin oğirlaşgan. Arterial qon bosimi kötarilişi, huş, nafas oliş va yurak faoliyatining buzilişi kuzatilgan. Intensiv davolaş muolajalariga qaramay, bemor 26-oktabr kuni vafot etgan.

Hozirda prokuratura organlari holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib bormoqda. Tekşiruv natijalari böyiça qöşimça ma’lumot berilişi bildirilgan.

Avvalroq Xorazm viloyatida bir oilaning tört a’zosi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan söng zaharlanib vafot etgandi.

Shuningdek