Ronaldu 2008-yilgi «Oltin töp» bilan tarixdagi eng yaxşi deb topildi

29-oktabr 2026 08:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ronaldu 2008-yilgi «Oltin töp» bilan tarixdagi eng yaxşi deb topildi
Foto: Oçiq manba

Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronalduning 2008-yilda qölga kiritgan «Oltin töp» mukofoti tarixdagi eng yaxşi Ballon d’Or ğalabasi deb topildi. Ğolib muxlislar örtasida ötkazilgan global ovoz beriş natijasida aniqlangan.

Ballon d’Or rasmiy saytiga köra, Ronaldu B.O.A.T. — «Ballon d’Or of All Time» sörovnomasida birinçi örinni egalladi.

Messi ikkinçi böldi

Ovoz berişda Ronaldu 2008-yilgi mavsumi bilan birinçi örinni oldi. Lionel Messining 2012-yilgi «Oltin töp» ğalabasi esa ikkinçi örindan joy oldi.

Sörovnomada kamida ikki marta «Oltin töp»ni qölga kiritgan ön nafar futbolçi iştirok etdi. Muxlislar futbolçining umumiy mukofotlari soniga emas, balki «Oltin töp»ni qölga kiritgan aniq mavsumdagi natijalariga baho berdi.

Ronaldu 2008-yilda nimalarga erişgan edi

2008-yil Ronaldu faoliyatidagi eng muhim mavsumlardan biri böldi. U «Mançester Yunayted» safida Angliya çempionligi va UEFA Çempionlar ligasida ğolib çiqib, öşa yili faoliyatidagi ilk «Oltin töp»ni qölga kiritdi.

Bu muvaffaqiyat orqali Ronaldu Eusebio va Luiş Figudan keyin «Oltin töp»ni yutgan uçinçi portugaliyalik futbolçiga aylandi. U, şuningdek, Jorj Bestdan keyin 40 yil içida mukofotni olgan ilk «Mançester Yunayted» futbolçisi böldi.

Ronaldu beş marta «Oltin töp» olgan

Kriştianu Ronaldu faoliyati davomida beş marta «Oltin töp»ni qölga kiritgan. Lionel Messi esa sakkizta sovrin bilan mukofot tarixidagi rekordçi hisoblanadi.

Ballon d’Or taşkilotçilari B.O.A.T. ovoz berişini 1-oktabrda boşlagan va ovoz beriş 27-oktabr kuni yakunlangan. Yakunda muxlislar Ronaldu 2008-yildagi ğalabasini tarixdagi eng yaxşi «Oltin töp» deb tanlagan.

Avvalroq «Kursiv» Lamin Yamal kelajakda «Oltin töp»ni yutişiga işonayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek