Samarqandda Epica temir tösiqqa urildi: haydovçi voqea joyida halok böldi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi
Foto: Samarqand viloyati YHXB

Samarqand viloyati Iştixon tumanida «Epica» rusumli avtomobil temir tösiqqa urilişi oqibatida haydovçi halok böldi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

YTH qanday sodir böldi

2026-yil 27-oktabr kuni soat 21:00 atrofida Iştixon tumanidagi «Qönğirot» mahallasi hududidan ötuvçi D-076 avtomobil yölining 80-kilometrida yöl-transport hodisasi yuz bergan.

Rasmiy ma’lumotga köra, Iştixon–Payşanba yönalişida harakatlangan «Epica» haydovçisi e’tiborsizlik oqibatida rul boşqaruvini yöqotib, yölning öng tomonidagi temir tösiqqa urilgan. Haydovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Iştixon tumani IIB Tergov bölimi jinoyat işi qözğatgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoro şahrida Malibu-2 haydovçisi tezlik çeklovi 60 km/soat bölgan yölda 201 km/soat tezlikda harakatlangandi.

Shuningdek